Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi (xalq orasida Team Kanada nomi bilan tanilgan) () Kanada sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiluvchi xokkey jamoasidir. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasini Xalqaro Xokkey Federatsiyasi aʼzosi Kanada xokkeyi tashkiloti nazorat qiladi. 1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasining xalqaro vakolatlari Kanadadagi katta havaskor klub jamoalari tomonidan amalga oshirildi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1963-yilda David Bauer tomonidan Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasining bir qismi sifatida tashkil etilganHockey Canada. "Team Kanada" nomi birinchi marta 1972-yilgi Sammit seriyasi oʻyinlari uchun ishlatilgan (Bu nom oʻshandan beri Kanada milliy erkaklar va ayollar terma jamoalariga murojaat qilish uchun tez-tez ishlatiladi).

Kanada xokkey boʻyicha xalqaro oʻyinlarda yetakchi milliy terma jamoa hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1972-yilda Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma jamoasiga qarshi Sammitlar seriyasida gʻalaba qozongan edi. 1976-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi toʻrtta Kanada kubogini qoʻlga kiritgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi jami xokkey boʻyicha ikki marta Jahon kubogi, toʻqqizta Olimpiada oltin medali va 27 marta xokkey boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

Kanada xokkey boʻyicha dunyodagi eng muvaffaqiyatli milliy terma jamoalardan biri hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi Rossiya, AQSh, Shvetsiya, Finlandiya va Chexiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bilan bir qatorda eng kuchli erkaklar xokkey davlatlarining norasmiy guruhi boʻlgan „Katta oltilik“ tarkibiga kiradi.

Tarixi Xokkey Kanadaning milliy qishki sport turi hisoblanadi va kanadaliklar oʻyinga juda ishtiyoqlidir. Kanada birinchi marta xalqaro miqyosda 1910-yilgi Yevropa chempionatida Oxford universitetining xokkey jamoasi „Oxford Canadians“ klubi sifatida ishtirok etdi. Bu xokkey klubi 1912-yilgi Jahon chempionatida yana Kanada sharafni himoya qilishdi.

1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi vakili boʻlgan katta havaskor klub jamoalari odatda Allan kubogi chempioni boʻlishgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi vakolati doirasida xokkey boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan soʻnggi havaskor klub jamoasi (1961-yilda) „Trail Smoke Eaters“ xokkey klubi edi. Kanada sharafini qaysi jamoa vakil sifatida himoya qilishini tanlash mas’uliyati Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi (CAHA) kotib-menejeriga tegishli edi. Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi kotib-menejeri 1947-yildan 1960-yilgacha George Dudley va 1960-yildan 1963-yilgacha Gordon Juckeslar boʻlishgan.

1963-yilgi Jahon chempionatidan soʻng David Bauer doimiy muassasa sifatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasiga asos solgan. Yangi doimiy terma jamoa birinchi boʻlib xokkey boʻyicha 1964-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi uchun bu oʻyinlardagi asosiy maqsad hisobni oshirish oʻrniga kuchsiz davlatlarga qarshi oʻyinlarda gʻalaba qozonish ediOliver, Greg (2017), p. 120. Jahon chempionati yakunida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi Chexoslovakiya va Shvetsiya terma jamoalaridan keyin bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1954-yilda xalqaro musobaqalarga qoʻshilishidan oldin Kanada terma jamoasi xalqaro xokkey boʻyicha ustunlik qilib, Olimpiada oʻyinlarida yettita oltindan oltitasini va Jahon chempionatida 10 oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 50 yil davomida Qishki Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kirita olmadi va 1962-yildan 1993-yilgacha birorta ham xokkey boʻyicha jahon chempionatlarida gʻalaba qozona olmadi. Bu qisman Kanadaning eng yaxshi professional xokkeychilari Milliy xokkey ligasi klublari bilan majburiyatlari boʻlganligi sababli ushbu tadbirlarda qatnasha olmagani uchun deb izohlandi.

Kanada 1970-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻldi.

Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1977-yilda IIHF prezidenti Sabetzki va Kanada va Qoʻshma Shtatlardagi professional xokkeyning yuqori mansabdor shaxslari oʻrtasidagi bir qator muzokaralardan soʻng IIHFga qaytdi. Bu muzokaralar natijasida, professional xokkeychilarga Jahon chempionatida qatnashish uchun ruxsat beriladigan boʻldi. Yana muzokaralarda, Stanley kubogi pley-off bosqichidan chiqarib yuborilgan NHL jamoalari orasidan koʻproq oʻyinchilar mavjudligini taʼminlash uchun turnir yil oxirida rejalashtirilgan boʻldi. Buning evaziga Shimoliy Amerika hududida Kanada, AQSh va Yevropaning eng kuchli toʻrtta terma jamoalari, jumladan, professionallar ishtirokida „Kanada kubogi“ uchun musobaqa har toʻrt yilda oʻtkazilishi kerakligi belgilandi.

1983-yilda Kanada xokkeyi „Mukammallik dasturi“ ni boshladi. Dasturning maqsadi har toʻrt yilda bir marta qishki Olimpiada oʻyinlariga jamoa tayyorlash edi. Ushbu dasturdagi yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi butun dunyoda milliy va klub jamoalariga qarshi toʻliq mavsum oʻynadi. 1986-yilda Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi professional sportchilarning 1988-yildan boshlab Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishiga ruxsat berish uchun ovoz berdi. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi safiga NHL tajribasiga ega boʻlgan faxriy mutaxassislar va baʼzi hollarda shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarda qatnashgan hozirgi NHLchilar qoʻshildi. Ushbu dastur 1998-yilda toʻxtatildi.

Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 33 yil davomida oltin medalni qoʻlga kiritmaganidan keyin 1994-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻshandan beri Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1997, 2003, 2004, 2007, 2015, 2016 va 2021-yillarda oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 2002-yilda Salt Lake Cityda 50 yil ichida birinchi Olimpiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi. Undan soʻng, 2010-yildagi Vankuverda oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi finalda AQSh terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Finlandiya va Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ryan Murrey xokkey bo‘yicha jahon chempionatida Kanada vakili bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan birinchi oʻyinchi bo‘ldi.

Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 2014-yilgi Sochida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasining tinimsiz hujumkor bosimi va boʻgʻuvchi himoyasi 2014-yilgi shakllantirilgan terma jamoani Kanada terma jamoasida yigʻilgan eng yaxshi, eng mukammal jamoa sifatida maqtovga sazovor boʻlishiga olib keldi.

Bosh direktor Jim Nill, bosh murabbiy Todd McLellan va kapitan Sidney Crosbyning Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi safiga tufayli Kanada 2015-yilgi IIHF jahon chempionatida Rossiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yil reglamentdagi 10 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasining har bir ishtirokchisi 1 million Shveysariya franki bonus mukofotiga sazovor boʻldi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi aʼzolari musobaqada 10 ta oʻyinda 66 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurarlari uchligiga kirdi: Jason Spezza, Jordan Eberle va Taylor Hall. Bu g‘alaba Kanadaning 2010-yildan beri birinchi marta IIHF jahon reytingida birinchi o‘ringa qaytishini taʼminladi.

1920-yildan 1963-yilgacha Kanada milliy xokkey terma jamoasini ifodalovchi jamoalar roʻyxati Tadbir JamoaJoy 1920-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari Winnipeg Falcons Vinnipeg, Manitoba 1924-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariToronto Granites Toronto, Ontario 1928-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariUniversity of Toronto Toronto, Ontario 1930-yilgi Jahon chempionati Toronto CCMs Toronto, Ontario 1931-yilgi Jahon chempionatiUniversity of Manitoba Vinnipeg, Manitoba 1932-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariWinnipeg Hockey Club Vinnipeg, Manitoba 1933-yilgi Jahon chempionatiToronto National Sea Fleas Toronto, Ontario 1934-yilgi Jahon chempionati Saskatoon Quakers Saskatun, Saskachevan 1935-yilgi Jahon chempionatiWinnipeg Monarchs Vinnipeg, Manitoba 1936-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Port Arthur Bearcats Port Artur, Ontario 1937-yilgi Jahon chempionatiKimberley Dynamiters Kimberley, Britaniya Kolumbiyasi 1938-yilgi Jahon chempionatiSudbury Wolves Sadberi, Ontario 1939-yilgi Jahon chempionatiTrail Smoke Eaters Trail, Britaniya Kolumbiyasi Jahon chempionati 1940-yildan 1946-yilgacha Ikkinchi jahon urushi davrida oʻtkazilmagan. 1947-yilgi Jahon chempionati Ishtirok etmadi 1948-yil Qishki Olimpiada oʻyinlariOttawa RCAF Flyers Ottava, Ontario 1949-yilgi Jahon chempionatiSudbury Wolves Sadberi, Ontario 1950-yilgi Jahon chempionatiEdmonton Mercurys Edmonton, Alberta 1951-yilgi Jahon chempionatiLethbridge Maple Leafs Lethbridge, Alberta 1952-yil Qishki Olimpiada oʻyinlariEdmonton Mercurys Edmonton, Alberta 1953-yilgi Jahon chempionati Ishtirok etmadi 1954-yilgi Jahon chempionatiEast York Lyndhursts Sharqiy York, Ontario 1955-yilgi Jahon chempionatiPenticton Vees Penticton, Britaniya Kolumbiyasi 1956-yilGI Qishki Olimpiada oʻyinlariKitchener-Waterloo Dutchmen Kitchener — Waterloo, Ontario 1957-yilgi Jahon chempionati Ishtirok etmadi 1958-yilgi Jahon chempionatiWhitby Dunlops Whitby, Ontario 1959-yilgi Jahon chempionatiBelleville McFarlands Belleville, Ontario 1960-yilGI Qishki Olimpiada oʻyinlariKitchener-Waterloo Dutchmen Kitchener- Waterloo, Ontario 1961-yilgi Jahon chempionatiTrail Smoke Eaters Trail, Britaniya Kolumbiyasi 1962-yilgi Jahon chempionatiGalt Terriers Galt, Ontario 1963-yilgi Jahon chempionatiTrail Smoke Eaters Trail, Britaniya Kolumbiyasi

Olimpiada oʻyinlari 1920-1968-yillardagi xokkey boʻyicha barcha Olimpiada oʻyinlari ham Jahon chempionati deb hisoblanganHockey Canada-IIHF World Menʼs championship. OʻyinlarVakil jamoalarOʻyinGʻalabaMagʻlubiyatDurangMurabbiyBosh murabbiySardorOʻrinRef.1920 AntwerpWinnipeg Falcons33001-oʻrin1924 ChamonixToronto Granites55001-oʻrin1928 St. MoritzUniversity of Toronto Grads33001-oʻrin1932 Lake PlacidWinnipeg Hockey Club65011-oʻrin1936 Garmisch-PartenkirchenPort Arthur Bearcats87102-oʻrin1948 St. MoritzOttawa RCAF Flyers87011-oʻrin1952 OsloEdmonton Mercurys87011-oʻrin1956 Cortina d’AmpezzoKitchener-Waterloo Dutchmen86203-oʻrin1960 Squaw ValleyKitchener-Waterloo Dutchmen76102-oʻrin1964 InnsbruckMilliy terma jamoa75204-oʻrin1968 GrenobleMilliy terma jamoa75203-oʻrin1972 SapporoIshtirok etmadi1976 Innsbruck1980 Lake PlacidMilliy terma jamoa63306-oʻrin1984 SarajevoMilliy terma jamoa74304-oʻrin1988 CalgaryMilliy terma jamoa85214-oʻrin1992 AlbertvilleMilliy terma jamoa86202-oʻrin1994 LillehammerMilliy terma jamoa85212-oʻrin1998 Nagano 64204-oʻrin2002 Salt Lake City 64111-oʻrin2006 Turin 63307-oʻrin2010 Vankuver 761—1-oʻrin2014 Sochi 660—1-oʻrin2018 PyeongchangMilliy terma jamoa642—3-oʻrin2022 PekinMilliy terma jamoa532—Claude JulienShane DoanEric Staal6-oʻrin

Jahon chempionatlari 1920-yildan 1968-yilgacha boʻlgan barcha xokkey boʻyicha oʻtkazilgan Olimpiada turnirlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan. Jahon chempionatlari 1940-yildan 1946-yilgacha, ikkinchi jahon urushi paytida va 1980, 1984 yoki 1988-yillardagi qishki Olimpiada yillarida vaqtida oʻtkazilmagan. 2020-yilgi turnir COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan.