Denis Jean Hamel () (1977-yil 10-mayda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Denis Hamel 3 marta AHL All-Star nomini olgan. Denis Hamel 2000-yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Shundan soʻng, Hamelning konkida uchish tezligi pasayib ketdi va uning NHLda ishtirok etish qobiliyati cheklandi. Denis Hamel 2008-yilda AHLda yil odami mukofotini qoʻlga kiritgan.
Oʻyin faoliyati Denis Hamel 1995-yilda NHLga kirish loyihasida „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 153-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Keyin Denis Hamel klub tomonidan „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga sotildi. „Sabres“ klubining AHL jfiliali „Rochester Americans“ xokkey klubi bilan 3 mavsum oʻynaganidan soʻng, Denis Hamel „Buffalo Sabres“ xokkey klubi safida 2000—2001 va 2001—2002-yillarda ikkita toʻliq mavsum oʻynadi. 2000—2001-yilgi mavsumda Denis Hamel tizzasidan jiddiy jarohat oldi. 2003—2004-yilgi mavsumda Denis Hamel „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Denis Hamel „Ottawa“ klubining AHL filiali „Binghamton Senators“ xokkey klubi safiga yuborildi. 2005—2006-yilgi mavsumda Denis Hamel 56 ta gol bilan „Binghamton“ xokkey jamoasi rekordini oʻrnatdi. Bundan tashqari, Denis Hamel 2005—2006-yillardagi mavsumda „Binghamton Senators" xokkey klubining sardori boʻlgan.
2006—2007-yillarda Denis Hamel „Ottawa Senators“ xokkey klubi safida oddiy hujumchi sifatida NHLga qaytdi. Denis Hamel klub bilan 43 ta oʻyin oʻtkazdi. „Senators“ xokkey klubining aʼzolari Mike Fisher va Jason Spezza jarohat olishganidan soʻng, Denis Hamel klubda jarohat olgan xokkeychilar oʻrnini egalladi. Denis Hamel 2007-yil 27-fevralda „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2007-yil 6-iyulda Denis Hamel „Binghamton Senators“ xokkey klubi bilan uch yillik AHL shartnomasini imzoladi. Denis Hamel „Binghamton“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolashdan maqsadi faoliyatida barqarorlikka ega boʻlish edi. Denis Hamel 2007—2008-yilgi mavsumni „Binghamton“ xokkey klubi tarkibida oʻtkazdi.
Shaxsiy hayoti Denis Hamel 2015-yil 18-iyul kuni Ontario shtatining Casselman shahrida gimnastikachi July Brisson bilan nikohlandi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1993—1994Laval RégentsQMAAA2810112150—————1993—1994Abitibi-Témiscamingue ForestiersQMAAA155712295033161994—1995Chicoutimi SaguenéensQMJHL6615122715513202291995—1996Chicoutimi SaguenéensQMJHL6540498919917101424641996—1997Chicoutimi SaguenéensQMJHL70505010033920151025651997—1998Rochester AmericansAHL7410152598412301998—1999Rochester AmericansAHL7416173312120347101999—2000Rochester AmericansAHL76342458122216713491999—2000Buffalo SabresNHL31010—————2000—2001Buffalo SabresNHL41831122—————2001—2002Buffalo SabresNHL6126828—————2002—2003Rochester AmericansAHL4827204764332542002—2003Buffalo SabresNHL2520217—————2003—2004Binghamton SenatorsAHL78293867116200022003—2004Ottawa SenatorsNHL50000—————2004—2005Binghamton SenatorsAHL8039397875510142005—2006Binghamton SenatorsAHL7756359165—————2005—2006Ottawa SenatorsNHL41010—————2006—2007Ottawa SenatorsNHL4343710—————2006—2007Atlanta ThrashersNHL31010—————2006—2007Philadelphia FlyersNHL70000—————2007—2008Binghamton SenatorsAHL6732235560—————2008—2009Binghamton SenatorsAHL6325255036—————2009—2010Binghamton SenatorsAHL7322295145—————2010—2011Adirondack PhantomsAHL6625255050—————2010—2011Saguenay MarquisLNAH768142—————2011—2012Adirondack PhantomsAHL7423234614—————2012—2013Jonquière MarquisLNAH342621476113912102013—2014Jonquière MarquisLNAH2415153011100002015—2016Laval PrédateursLNAH41010—————AHL jami8503383136518665514152969NHL jami19219123177—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari