Gabriel Paul Joseph Dumont () (1990-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Gabriel Dumont hozirda Amerika Xokkey Ligasining (AHL) „Syracuse Crunch“ jamoasida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati Yoshligida Gabriel Dumont 2003—2004-yillardagi Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Rimouski“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Gabriel Dumont 2010-yil 30-aprelda „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Bundan oldin Gabriel Dumont Quebec Katta Xokkey Ligasida „Drummondville Voltigeurs“ xokkey jamoasi bilan to‘rt mavsum o‘ynagan edi. Gabriel Dumont 2013-yilning 13-martida „Ottawa Senators“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘zining NHLdagi birinchi ochkosini qayd etdi. 2013-yil 17-aprelida Gabriel Dumont „Pittsburgh Penguins“ xokkey jamoasiga qarshi o‘yinda birinchi NHL golini kiritdi.

2013-yil iyul oyida Gabriel Dumont „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

„Montreal Canadiens“ xokkey klubi safidagi 7 mavsumdan soʻng, Gabriel Dumont 2016-yil 1-iyulda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

2017-yil 28-iyun kuni Gabriel Dumont „Lightning“ klubi bilan yangi ikki yillik 1,3 million dollarlik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

2019-yil 1-iyulda Gabriel Dumont erkin agent sifatida "Minnesota Wild" xokey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

„Wild“ klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Gabriel Dumont erkin agent sifatida sobiq klubi „Tampa Bay Lightning“ klubiga qaytib, 2021-yil 23-iyulda bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi.

2022-yil 9-iyun kuni Gabriel Dumont "Syracuse Crunch" xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2006—2007Drummondville VoltigeursQMJHL81126602202007—2008Drummondville VoltigeursQMJHL59111425103—————2008—2009Drummondville VoltigeursQMJHL51282149631961319322009—2010Drummondville VoltigeursQMJHL6251429312714111021192009—2010Hamilton BulldogsAHL—————11202122010—2011Hamilton BulldogsAHL6451318792063962011—2012Hamilton BulldogsAHL5913112455—————2011—2012Montreal CanadiensNHL30000—————2012—2013Hamilton BulldogsAHL5516153183—————2012—2013Montreal CanadiensNHL10123133000122013—2014Hamilton BulldogsAHL74191736111—————2013—2014Montreal CanadiensNHL20000—————2014—2015Hamilton BulldogsAHL6620254588—————2014—2015Montreal CanadiensNHL30000—————2015—2016St. Johnʼs IceCapsAHL7119304976—————2016—2017Syracuse CrunchAHL20551024225611122016—2017Tampa Bay LightningNHL3922429—————2017—2018Tampa Bay LightningNHL70004—————2017—2018Ottawa SenatorsNHL231122—————2017—2018Syracuse CrunchAHL185162115432522018—2019Syracuse CrunchAHL5915284367400042019—2020Iowa WildAHL34781538—————2019—2020Minnesota WildNHL30000—————2020—2021Iowa WildAHL3412193160—————2021—2022Syracuse CrunchAHL7530326210050224NHL jami9045948300012

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari