Turkiston tarakanihttp://eol.org/pages/1076305/names?all=1 yoki qizil tarakan nomi bilan ham tanilgan suvarak turi. Shimoliy Afrikadan Markaziy Osiyogacha boʻlgan hududda yashaydi. Voyaga yetgan erkaklar jigarrang yoki qizil rangda boʻladi, qanotlari sargʻish rangli boʻladi.
Yashaydigan hududlari Turkiston suvaragi ochiq joylarda yashaydigan hasharot. Arabistonda fermalarda va vodiylardagi toshlar ostida yashaydi va asosan kechalari oziqlanadi.
Tarqalishi Ushbu tur Markaziy Osiyo, Kavkaz togʻlari va shimoli-sharqiy Afrikada uchraydi.
AQShda paydo boʻlishi Turkiston suvaragini birinchi marta 1978-yilda AQShda, Kaliforniyadagi sobiq Sharp armiyasining ombori atrofida payqashgan, koʻp oʻtmay Texasdagi Fort Blissda va boshqa bir qancha harbiy bazalarda paydo boʻlgan.Tadqiqotchilarning fikricha, tur Markaziy Osiyodan, ehtimol Afgʻonistondan qaytgan harbiy texnikada kelgan.
Foydalanilishi
Uy hayvonlari uchun oziq-ovqat AQSHda Turkiston suvaraklari baʼzan uy hayvonlari, sudralib yuruvchi hayvonlar va boshqa hasharotxoʻr hayvonlarni boqish uchun foydalaniladiMohan, Geoffrey (9 December 2013). . Turkiston suvaragi kriketlarga oʻxshash yuqori proteinli, kam yogʻli ozuqa tarkibiga ega. Turkiston suvaraklari B12 vitaminiga boy.
Rasmlar
Manba
Turkum:Hashorotlar