Abdulaziz Karim (, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi. 2005-yildan siyosiy taʼqiblarga uchrab, qidiruvda boʻlgan. Sanʼat sohasidagi ustozi Toʻlqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi.
Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan.
Tarjimai holi Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yoʻnalishida ijod qila boshlagan.
Abdulaziz Karimning „Uzun armonlar“, „Qurbon boʻlaman“, „Yagonam oʻzing“ qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan „Erkatoyim mani yoqimtoyim“ dueti xit darajasiga koʻtarilgan.
Mashhur taronalari + Abdulaziz Karim ijodidagi qoʻshiqlar T/R Qoʻshiq nomi Chiqqan yili 1. Qurbon boʻlaman - 2. Yonimda - 3. Gʻarib ogʻoch - 4. Uzun armonlar - 5. Nozli guloyim - 6. Xato - 7. Taxayyul tuni -
+ Abdulaziz Karim ijodidagi duetlar T/R Qoʻshiq nomi Duetdoshi Chiqqan yili 1. Erkatoyim mani yoqimtoyim Rayxon Gʻaniyeva -2.Yagonam oʻzingSevara Nazarhon -
Manbalar
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:23-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Nihol mukofoti sovrindorlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Sanʼatkorlar Turkum:Yashayotgan insonlar