Zoran Marushich (; ; 1993-yil 29-noyabr, Kralevo) — serbiyalik professional futbolchi, „Neftchi“ klubida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Biografiyasi U oʻz shahridagi Bambi maktabida futbol oʻynashni boshlagan, keyin mahalliy Sloga jamoasining maktabiga oʻtadi. U 2010/11 yilgi mavsumda Sloga jamoasi uchun asosiy jamoa dar ajasidagi birinchi oʻyinlarini Serbiya uchinchi divizionining gʻarbiy zonasi turnirida oʻtkazadi hamda u yerda jamoasi gʻalabaga erishadi. 2012/13-yilgi mavsumdan boshlab u jamoaning asosiy tarkibida doimiy oʻrin egallaydi. Avvaliga u himoyachi va markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi, keyinroq himoya markaziga oʻtkaziladi. 2013-yil sentabr oyida hujumchilarning jarohati tufayli u hujum pozitsiyasiga oʻtadi va birinchi liganing ikkita bahsida 5 ta gol uradi hamda jami 2013/14 yilgi mavsumning kuzgi qismida 7 ta gol urishga erishdi, lekin kelasi mavsum qaysi jamoada toʻp surishi mavhumligicha qoldi.

2014-yilda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Sloga klubi barcha futbolchilarga klubni tark etishga ruxsat beradi va Marushich yuqori divizionda oʻynagan „Vojdovats“ga ijaraga oʻtadi. U klubdagi debyut oʻyinini 2014/15 yilgi mavsumning uchinchi davrasida toʻgʻri keldi, 2014-yil 23-avgustda Belgradning „Rada“ klubiga qarshi oʻtkazadi hisob esa (1:6), tanaffusda almashtiriladi. Keyingi oʻyinda u toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, ammo shundan soʻng u qishki tanaffusgacha, yaʼni klubni tark etgunga qadar maydonda tushurilmadi.

2015-yil boshida u Sloga klubiga qaytadi, ammo jarohatlar tufayli juda kam oʻynadi. Klubi bilan birgalikda u ikkinchi diviziondan uchinchi divizionga tushib ketadi.

2016-yil boshida u Bosniya chempionatining „Slaviya“ (Sarayevo) klubiga oʻtadi va yozda u Bosniya ligasining yangi klubi hisoblangan „Krupa“ jamoasiga qoʻshildi ammo dastlab, u zaxiradan maydonga tushadi. 2017-yilda u Serbiyaga qaytadi va birinchi liga klublarida oʻynaydi Borca, Temnic va Sloboda (Uzice), bu klublarning barchasi Marushich oʻynagan mavsumlarda quyi ligaga tushib ketish zonasidan joy olishgan.

2019-yilda u Belarus chempionatining „Dnyapro“ jamoasiga oʻtadi. U birinchi mavsumda 4 ta gol va „Rux Brest“ga qarshi oʻtish oʻyinlarida bitta gol urdi, biroq uning jamoasi penaltilar seriyasida magʻlub boʻladi va oliy ligadan tushib ketganidan soʻng klub tarqatib yuboriladi. 2020-yilda u Belarusning yana bir klubi — „Neman“(Grodno) tarkibida oʻynaydi, 10 ta gol bilan chempionat toʻpurarlari oʻntaligiga kiradi hamda oʻyinlarning birida — Mozirning „Slaviya“ (3:1) jamoasiga qarshi bahsda xetrik qayt etadiSLAVIA VS. NEMAN GRODNO 1 — 3.

2021-yilda u Tbilisining „Dinamo“ klubiga oʻtib, ikki yilga moʻljallangan shartnoma imzolaydiZoran Marusic will play in Dinamo. 2021-yilgi Gruziya Superkubogi sohibi, eng yaxshi toʻpurar (16 gol) va 2021-yilgi Gruziya chempionatining kumush medali sohibi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Ushbu jamoa bilan dastlabki mavsumning oʻzida Oʻzbekiston vitsa-chempionigiga erishib, jamoa bilan Oʻzbekiston kubogi finaligacha yetib bordi. 2023-yilgi mavsumda Gruziyga, FC Dinamo Tbilisi jamoasi tarkibiga qaytdi.

2024-yil yanvar oyida Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolangan. 2024-yilgi mavsum davomida klub asosiy toʻpurar hujumchisi boʻlgan va Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyinda 9 ta gol muallifi boʻlgan. Uning sermahsul oʻyinlari va Nasaf jamoasining yaxshi natijalari sababli Qashqadaryo klubi ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻlgan. Umumiy mavsum muobaynida 29 ta oʻyinda ishtirok etgan va 14 ta ol muallifi boʻlgan.

2024-yilgi mavsumda yakunida Qarshi jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng klubni tark etgan va 9-dekabrda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaKubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSloga Kraljevo2010–11Serbiya Gʻarbiy ligasi6000—00602011–12Serbiya Birinchi ligasi131———1312012–1328010——2902013–1422710——2372014–1551———512015–16Serbiya Gʻarbiy ligasi10100——101Total841020—008610Voždovac (ijara)2014–15Serbiya Superligasi2000——20Slavija Sarajevo2015–16Bosniya Premyer-ligasi71———71Krupa2016–1710110——111BSK Borča2016–17Serbiya Birinchi ligasi90———90Temnić2017–18292———292Sloboda Uzice2018–19Serbiya Birinchi ligasi140———Jami71410——724Dnyapro Mogilev2019–20Belarus Oliy ligasi25420—21Neman Grodno2020Belarus Oliy ligasi271011——2811Jami521431—215715Dinamo Tbilisi2021Erovnuli Liga36161041114218Navbahor2022Oʻzbekiston Superligasi251171——3212Dinamo Tbilisi2023Erovnuli Liga33171031103818Nasaf2024Oʻzbekiston Superligasi2293164103214Jami116531221363114462Neftchi2025Oʻzbekiston Superligasi24821——2692026114120010136Total35123300103915Umumiy faoliyat statistikasi3589321613662398107

Yutuqlar Klub Navbahor Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2022 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2022 Dinamo Tbilisi

Gruziya Superkubogi sohibi: 2023 Nasaf Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2024

Neftchi Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Individual

Erovnuli Liga toʻpurari: 2021, 2023 Erovnuli Liga mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2021 Manbalar

Havolalar

Zoran Marušić Utakmica saytida Zoran Marušić Footballdatabase saytida Zoran Marušić Worldfootball saytida

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:29-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FK Voždovac futbolchilari Turkum:FK Slavija Sarajevo futbolchilari Turkum:FK BSK Borča futbolchilari Turkum:FK Krupa futbolchilari Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:FK Temnić futbolchilari Turkum:FK Sloboda Užice futbolchilari Turkum:FC Dnyapro Mogilev futbolchilari Turkum:FC Neman Grodno futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar