Vladimir Aleksandrovich Golovin (1922-yil 28-avgust, Moskva — 1989-yil 27-yanvar, Toshkent) — Oʻzbekiston SSR KGB raisi, KGB general-leytenanti, tarix fanlari nomzodi.
Biografiyasi Oliy maktabni tamomlagan. Moskva yuridik instituti bitiruvchisi.
1941-yildan Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan.
1942-yildan Ichki ishlar xalq komissarligi tuman bo‘limining tezkor xodimi sifatida davlat xavfsizlik organlarida xizmat qila boshlagan. 1944-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi. 1944-yildan Davlat xavfsizligi xalq komissarligining G‘arbiy Ukrainadagi tergov bo‘linmalarida, 1947-yildan SSSR Davlat xavfsizlik vazirligining markaziy apparatida ishlay boshlagan. Chet elda uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan. 1960-yillardan SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi KGBning 2-bosh boshqarmasi va 5-boshqarmasida xizmat qilgan.
1970-1974-yillarda Gruziya SSR 8-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashi deputati. 1984-1989-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR XI chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati boʻlgan.
1977-1983-yillarda SSSR KGB 5-boshqarmasi (terrorizmga qarshi kurash) 7-bo‘limi boshlig‘i, polkovnik; 1981-yil 17-dekabrda Sarapul shahridagi 2 qochoq tomonidan garovga olingan maktab o‘quvchilarini ozod qilish bo‘yicha tezkor shtab ishida ishtirok etgan. 1983-yil 1-sentabrdan 1989-yil 27-yanvargacha O‘zbekiston SSR KGB raisi, general-leytenant;
Mukofotlari
Oktyabr inqilobi ordeni, Qizil Bayroq ordeni, Qizil yulduz ordeni.
Manbalar
GOLOVIN Vladimir Aleksandrovich Arxivnaya kopiya
Manbalar
Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:28-avgustda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:27-yanvarda vafot etganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati rahbarlari Turkum:Oʻzbekiston SSR KGB raislari Turkum:Sovet Ittifoqining Oʻzbekiston SSRdan saylangan deputatlari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari Turkum:SSSR KGB xodimlari