Erdal Rakip (1996-yil 13-fevralda Shvetsiyaning Malmö shahrida tugʻilgan) — shved va makedoniya futbolchisi, Malmö futbol klubi va Shimoliy Makedoniya terma jamoasi yarim himoyachisi. Futbolchi Malmö futbol klubi bilan 2019-yil 11-fevralda shartnoma imzolagan va shartnoma 2022-yilning 31-dekabriga qadar davom etishiga kelishib olingan. Futbolchi bahosi 1.20 mln yevro deb baholangan. Futbolchining eng qimmat transfer narxi 1.50 mln yevro deb baholangan. Jamoa tarkibida 7-raqam ostida toʻp suradi.

Klublardagi faoliyati Rakip oʻz shahrining „Malmö“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 1-iyun kuni u Alsvenskan Ligada „Idrottsföreningen Brommapojkarna“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi. Oʻsha yili Rakip mamlakat chempioni va Shvetsiya Superkubogi sohibiga aylandi. 2014-yilning yozida Erdal „Malmö“ futbol klubi safida 3,5 yilga birinchi professional shartnomasini imzolagan. Oʻsha yili u ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻlgan. 2015-yilning 3-iyunida „Efle“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Malmö“ safida ilk golini urgan.

2018-yil boshida Rakin Lissabonning „Benfica“ futbol klubiga oʻtdi va darhol Angliyaning „Crystal Palace“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2019-yil boshida Erdal „Malmö“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi bilan Rakip Slovakiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Turnirda u Shveysariya, Avstriya, Slovakiya va Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Erdal BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u ikki marta Yaponiya, Gonduras, Meksika, Argentina va Nigeriya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan. Gondurasliklarga qarshi kechgan bahsda Rakip gol urgan.

Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolMalmö FF20131010103020141503040220201520120100321201627260—33220172781120309Jami901113117012012Benfica2017—201800000000Crystal Palace (ijara)2017—20180000—00Malmö FF2019140302319320202614030331202125240140432Jami653110193956Umumiy faoliyatida1551424136321518

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Makedoniyalik erkak futbolchilar