Mahamat Yusupxoʻjaev Hamidovich (1929-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, hindshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1950-yilgi bitiruvchisi. Hindistonning „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Mehnat faoliyati 1950 — 1951-yillar Angrendagi maktabda oʻqituvchi; 1952 — 1958-yillar Oʻzbekiston oʻquv pedagogika nashriyotida muharrir. 1961 — 1964-yillar KPSS MK huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranti; 1964 — 1968-yillar Oʻz FA SHI da ilmiy xodim. 1968 — 1974-yillar Toshkent viloyati madaniy ishlar boshqarmasi boshligʻi. 1974 — 1976-yillarda Toshkent teatr va rassomchilik institutida kafedra mudiri. 1976 — 1990-yillar SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Diniy ishlar kengashining Toshkent viloyatidagi vakili, 1990-yildan Toshkent viloyati milliy masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi.
Asosiy ilmiy ishlari Nomz. diss. mavzusi: „Rabochiy klass Indii v goda nezavisimosti“. — M., 1967.
Razvitiye natsionalnoy promishlennosti i rabochiy klass Indii. — Tashkent: Uzbekistan, 1968. Osiyo mamlakatlarida proletariatning ahvoli va ishchilar harakati // Oʻzbekiston kommunisti. — Toshkent, 1968. — № 12. AQSHning ideologiya sohasidagi „tinchlik korpusi“. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1971. -Yu. Ponomaryov bilan hamkorlikda.
Adabiyotlar
Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar