Krzysztof Piątek (; 1995-yil 1-iyulda tugʻilgan) — polshalik futbolchi, Qatarning „Al Duhail“ futbol klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi, Italiyaning „Salernitana“ futbol klubida ijara asosida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Piątek oʻz shahrining „Lechia Dzierżoniów“ futbol klubi bitiruvchisi. 2012-yilda u Polshadagi quyi divizionlardan birida klubning asosiy jamoasida debyut qilgan.
2013-yilda Piątek „Lechia Dzierżoniów“ futbol klubidan „Zagłębie Lubin“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 18-may kuni „Cracovia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Polsha Ekstraklasasida debyut qilgan. Mavsum oxirida jamoa Polsha birinchi ligasiga tushib ketgan, ammo shunga qaramay Piątek klubda qolishga qaror qilgan. „Grobari“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Zagłębie Lubin“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. Mavsum yakunida u 8 ta gol urgan va klubning oliy ligaga qaytishiga yordam bergan.
2018-yilning yozida Piontek Italiyaning „Genoa“ futbol klubiga oʻtgan. U 11-avgust kuni Italiya kubogi doirasidagi „Lecce“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Bu oʻyinda futbolchi jamoa safidagi toʻrtta golni kiritishga muvaffaq boʻlgan. 26-avgust kuni „Empoli“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan. Dastlabki toʻrtta oʻyinda Piątek beshta gol urib, Andrey Shevchenko natijasini takrorlagan.
Xalqaro faoliyati 2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida u yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2018-yil 11-sentabr kuni Piontek Polsha terma jamoasi safida Irlandiya Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Oradan roppa-rosa bir oy o‘tgach, Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga qarshi o‘yinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.
2021-yilning may oyida u jarohat olib, Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.
Statistika
JamoaMavsumLigaMilliy kubokUEFA kubogiJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLechia Dzierżoniów2012—201360 - -60Zagłębie Lubin2013—20144000 -402014—201530831 -3392015—201633632 -3682016—2017511060121Jami721573608518Cracovia2016—20172711 - -27112017—2018362120 -3821Jami633220-6532Genoa2018—2019191326 -2119AC Milan2018—201918932 -21112019—202018421 -205Jami361353-4116Hertha BSC2019—202015411 -1652020—202132700 -3272021—20229110 -101Jami561221-5813Fiorentina (ijara)2021—2214343 -186Salernitana (ijara)2022—23113 - -113Umumiy faoliyatida27791221660305107
Manbalar
Havolalar
Profile İstanbul Başakşehir F.K. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:KS Cracovia futbolchilari Turkum:Zagłębie Lubin futbolchilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Hertha BSC futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:US Salernitana 1919 futbolchilari Turkum:İstanbul Başakşehir F.K. futbolchilari Turkum:Al-Duhail SC futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:III liga futbolchilari Turkum:I liga futbolchilari Turkum:Ekstraklasa futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Polshadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar