Uzbek Agzamovich Rustamov (1926-yil 11-sentyabr, Toshkent — 2011-yil 5-iyun, Toshkent) — sovet davlat arbobi.
Biografiyasi O‘zbek Rustamov 1926-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida — xizmatchilar oilasida dunyoga keladi, 2011-yil 5-iyunda Toshkent shahrida vafot etadi. Maʼlumoti oliy, sharqshunos-tarixchi sanaladi. U 1945—1950-yillarda Samarqand davlat universiteti (SamDU) Sharqshunoslik fakulteti talabasi bo‘ladi. So‘ng 1950—1953-yillarda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti aspiranti. Ilmiy darajasi – tarix fanlari nomzodi. Doktorlik dissertasiyasining mavzusi: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Shimoliy Hindistondagi Hinduqush knyazligi. Uchta monografiya va ellikdan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Tashqi munosabatlar bo‘yicha I darajali maslahatchi edi.
Mehnat faoliyati
1953—1956-yillarda — O‘zbekiston SSR FA Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim. 1956—1959-yillarda — O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirining yordamchisi. 1959—1960-yillarda — O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligining Protokol va konsullik boshqarmasi boshlig‘i. 1960—1970-yillarda — O‘zbekiston SSR tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari. 1970—1980-yillarda — O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Axborot va tashqi aloqalar bo‘limi mudiri. 1980—1989-yillarda — SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston SSRdagi ishonchli vakili. 1990—1991-yillarda — Toshkentdagi KPSS MK huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Ilmiy ateizm instituti Respublikalararo bo‘limi katta ilmiy muharriri. 1991— 1993-yillarda — O‘zbekiston Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati boshqaruvi Prezidiumi raisining o‘rinbosari. 1993—1994-yillarda — Kramds-Dost korporasiyasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti 1994—2011-yillarda — O‘zbekiston Respublikasidagi Interconcyepts, Incorporated (AQSH) bosh vakili. 1989-yildan — davlat ittifoqi ahamiyatiga ega shaxsiy nafaqaxo‘r.
Hukumat mukofotlari
"Faxriy nishon" ordeni (1966) "Faxriy nishon" ordeni (1971) "Mehnat jasorati" medali V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan. "1941-1945 yillardagi Ulug 'Vatan urushi g‘alabasining o‘ttiz yilligi” yubiley medali". O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining (1965, 1974, 1976, 1984) faxriy yorliqlari "Mehnat faxriysi" medali (1989).
Saylov organlaridagi ishtiroki
O‘zbekiston Kompartiyasi ikkinchi chaqirig‘i (1971— 1975, 1976— 1981) Taftish hay’ati a’zosi; Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Kengashi ikkinchi chaqiriq (1971—1975, 1976—1981) deputati. Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Rossiyalik sharqshunoslar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari