Bibury – Angliyaning g’arbiy-markaziy qismida, Kotsvoldning ohaktoshli mintaqasida, Koln daryosida joylashgan ertaknamo qishloq. Bibury qishlog’i Kotsuold markazi Sayrensister shahridan bir necha mil uzoqlikda joylashganhttps://en.wikipedia.org/wiki/Bibury.
Tarixi
Qirol Vilgilm topshirigʻiga koʻra, 1086-yilda Angliya va Uyelsning ayrim hududlarida olib borilgan tergov-surushtiruv hisobotlarini jamlagan "Qoʻrqinchli sud" ("Domesday book") kitobida Bibury Beshebury deb nomlanganligini koʻramiz. Ushbu kitobda Bibury hududidagi yerlar va cherkovlar Vesterda joylashgan Avliyo Mariya manasteriga tegishli ekanligi yozilgan. Keyinchalik bu yerlar Oksforddan uncha uzoq boʻlmagan Osney abbatligi ixtiyoriga oʻtkazilgan. Abbatlar bu yerlarni 1540 yillargacha idora qilishganCroome, W.I. (1992). A Short History of St Mary's Bibury. Gloucester: The British Printing Company Ltd. OCLC 78092632.
XIX asr oxirida Jorj Vitts Bibury, yaʼni uning taʼrifi bilan aytganda, Rim villasining kashfiyoti haqida shunday keltiradi: "1880-yilda Sayrensesterdan taxminan 10 km shimoli-sharqda joylashgan Bibery cherkovida tasodifan Rim villasiga oʻxshash qishloq topildi. Bu yerda Rim kulolchilik namunalari, tangalari, mozaika shaklida qurilgan yoʻlaklar aniqlangan. Ammo bu borada hali hech qanday tadqiqot oʻtkazilmagani uchun binoning tavsifini keltirishning iloji yoʻq"Witts, George (1883). Archaeological Handbook of the County of Gloucester. Cheltenham: G. Norman. Archived from the original on 2 May 2021. Retrieved 6 November 2009..
Arlington Rou ko’chasida joylashgan, XIV asrga oid mahalliy toshlardan qurilgan sarg’ish kottedjlar Biburyning o’ziga xos asriy qiyofasini yaratadi. Qishloqning diqqatga sazovor joylaridan yana biri – saksonlarning Avliyo Mariya cherkovi bo’lib, u haqida XII asr qo’lyozmalarida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, 1902-yilda baliqchilar firmasiga ham asos solinganScheduled Ancient Monument official listing. Historic England. "Site of Roman Villa near Bibury Mill (1003357)". National Heritage List for England. Retrieved 27 January 2015.
Oʻziga xosligi
Biburidagi har bir uy tarixiy yodgorlik kabi qimmatli. Kotsuol ahli bugungi zamonaviy g’ishtli uylarni tan olmaydi. Aholining ishlatadigan qurilish materiali mahalliy qobiqli tosh sanaladi. Vaqt ta’sirida eskirgan uy yoxud devorlarni xuddi shunday yangi toshlar bilan ta’mirlashadi. Eng muhimi, bu yerdagi uylarga mexanik ishlov berilmaydi, balki qo’l mehnati bilan ta’mirlanadi.
Bu yerda, ikkita qishloq qarama – qarshi joylashgan. Koln daryosining bir tomonida Arlington va boshqa tomonida Bibury"Gloucestershire - History - Day Out: The South East Cotswolds". BBC. January 2009. Archived from the original on 13 November 2012. Retrieved 7 August 2013.
Diqqatga sazovor joylari
Biberydagi eng katta inshoot 1633-yilda yakoben uslubida qurilgan Bibury sudi binosidirFiona Duncan. "Bibury Court hotel, Cotswolds, Gloucestershire: review". The Telegraph. Archived from the original on 1 October 2015. Retrieved 7 August 2013. Bu I darajali arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olingan bino yaqin-yaqingacha mehmonxona edi. Mehmonxona hozirda butunlay yopilgan va uning kelajagi nomaʼlumArcher, Megan (18 December 2014). "Bibury Court Hotel to be transformed into large country house due to business decline". Wilts and Gloucestershire Standard. Archived from the original on 3 March 2020. Retrieved 2 May 2021. 1590-yilda qurilgan Potlickers Lanedagi Ablington Manor ham I darajali arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olingan binodirDuncan, Fiona. "Bibury Court, Gloucestershire". The Hotel Guru. Archived from the original on 17 May 2016. Retrieved 2 May 2021.
Biburyda bir nechta filmlar suratga olingan, masalan, “Bridjit Jonsning kundaligi” va Agata Kristi hikoyalari asosida “Miss Marpl” haqidagi filmlar va boshqalar"Passport picture not behind influx of tourists according to Bibury residents | Gloucestershire Echo". Archived from the original on 8 August 2014. Retrieved 4 August 2014.
Arlington Rouning jozibador kottejlari 1380-yilda monastirlarning jun doʻkoni sifatida qurilgan. XVII asrda u toʻquvchilar uchun moʻljallangan kottejlarga aylantirilganBibury". National Trust. Archived from the original on 3 August 2013. Retrieved 7 August 2013.
Qishloqni mashhur qilgan joylardan yana biri hudud markazida joylashkan “The Swan” nomli mehmonxonadir. Mehmonxona britaniyalik kelin-kuyovlar, ularning oila a’zolari, sayyohlar va fotosuratchilarning sevimli maskaniga aylangan.