Fyodor Viktorovich Fyodorov (; 1981-yil 11-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq professional xokkeychi. Fyodor Fyodorov ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Vancouver Canucks“ va „New York Rangers“ xokkey jamoalarida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati Fyodor Fyodorov „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi safiga 1999-yilda NHLga kirish loyihasida 182-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Fyodor Fyodorov „Tampa Bay Lighting“ xokkey klubi bilan ikki yil ichida shartnoma tuza olmadi. Shuning uchun, NHL qoidallariga koʻra, Fyodor Fyodorov 2001-yilda NHL loyihasiga qayta kirdi. Fyodor Fyodorov bu loyihada 'Vancouver Canucks" xokkey klubi safiga 66-o‘rindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Fyodor Fyodorov „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan 15 ta NHL oʻyinida maydonga tushdi.

2004-yil 24-martda Fyodor Fyodorov jamoadoshi Kevin Bieksa bilan maydondan tashqaridagi majaroga aralashib qoldi.

2005-yil 7-oktyabrda „Vancouver Canucks“ xokkey klubi Fyodor Fyodorovni „New York Rangers“ xokkey klubi aʼzosi Jozef Balej evaziga almashtirdi. Shundan soʻng, Fyodor Fyodorov „New York Rangers“ xokkey klubi safida atigi uchta oʻyin oʻtkazdi. Undan keyin Fyodor Fyodorov klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Hartford Wolf Pack“ xokkey jamoasi safiga yuborildi.

2006-yil 25-iyulda Fyodor Fyodorov Rossiya Superligasi (RSL) vakili "Lokomotiv Yaroslavl" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik, 2006—2007-yilgi mavsumda, Fyodor Fyodorov Shvetsiya Elitseriya vakili „Malmö Redhawks“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2008-yil 4-iyulda Fyodor Fyodorov „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan NHL shartnomasini imzoladi. Fyodor Fyodorov klubning asosiy NHL roʻyxatiga kirmadi. Shundan soʻng, Fyodor Fyodorov klubning AHL filiali „Lowell Devils“ xokkey klubi safida oʻynashni rad etib, klubni tark etdi.

2008-yil 22-oktyabrda Fyodor Fyodorov yangi tashkil etilgan Rossiya Kontinental xokkey ligasining (KHL) „Nizhnekamsk Neftekhimik“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik Fyodor Fyodorov Magnitogorskning „Metallurg Magnitorsk“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Fyodor Fyodorov 2011—2013-yilgi mavsumlarni „SKA Saint Peterburg“ xokkey klubida oʻtkazdi. 2014-yil 2-oktyabrda Fyodorov erkin agent sifatida „ Lada Togliatti“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1997—1998Detroit Little CaesarsMNHL13371018—————1998—1999Port Huron Border CatsUHL4225720—————1999—2000Windsor SpitfiresOHL60810181151210142000—2001Sudbury WolvesOHL6733457888124610362001—2002Columbia InfernoECHL20220—————2001—2002Manitoba MooseAHL82136—————2002—2003Vancouver CanucksNHL70114—————2002—2003Manitoba MooseAHL5010132361312302003—2004Vancouver CanucksNHL80114—————2003—2004Manitoba MooseAHL5823163952—————2004—2005Spartak MoscowRSL19471152—————2004—2005Metallurg MagnitogorskRSL10303225202302005—2006New York RangersNHL30006—————2005—2006Hartford Wolf PackAHL382151780—————2005—2006Syracuse CrunchAHL1223522300022006—2007Lokomotiv YaroslavlRSL2045832—————2006—2007Malmö RedhawksSEL1861420106—————2007—2008Dynamo MoscowRSL491212241199033242008—2009Neftekhimik NizhnekamskKHL3291423953000142009—2010Metallurg MagnitogorskKHL3658131108000202010—2011Metallurg MagnitogorskKHL501142—————2010—2011Neftekhimik NizhnekamskKHL821310—————2010—2011Atlant Moscow OblastKHL279172653244610652011—2012SKA Saint PetersburgKHL507101710214459442012—2013SKA Saint PetersburgKHL3864104210112392013—2014CSKA MoscowKHL3513473—————2014—2015Lada TogliattiKHL413101392—————KHL jami27242671096195991221182NHL jami1802214—————

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 1999-yil Rossiya WJC18 6 7 0 0 0 6 2005-yil RossiyaWC 6 0 1 1 2 Oʻsmirlar safida 7 0 0 0 6 Kattalar safida 6 0 1 1 2

Yana qarang NHLdagi taniqli oilalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiya xokkeychilari