Włodzimierz „Włodek“ Leonard Lubański (; 1947-yil 28-fevralda Glivitse-Sosnitsa shahrida tugʻilgan) — polshalik sobiq hujumchiWłodzimierz Lubański — dżentelmen polskiej piłki rfbl.pl. Lubański 1963-yildan 1980-yilgacha milliy terma jamoasi safida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urgan. Polsha futbol tarixida Robert Levandowskidan keyingi ikkinchi eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi.
Faoliyati 1947-yilda Glivitsada tugʻilgan, futbolchilik faoliyatini oʻn yoshida Sośnica Gliwice oʻsmirlar jamoasida boshlagan. 1958—1962-yillar oraligʻida GKS Gliwice oʻsmirlar jamoasi tarkibida boʻlgan va 1963-yilda Górnik Zabrzeda professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Górnik Zabrze bilan 1963-, 1964-, 1965-, 1966-, 1967-, 1971- va 1972-yillarda Polsha chempionatida g‘olib chiqqan.
1975—1982-yillarda KSC Lokerenda, keyin esa 1982—1983-yillarda Valenciennes FCda oʻynagan.
1972-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Polsha Olimpiada terma jamoasi bilan oltin medalni qoʻlga kiritdiWłodzimierz Lubański: Polska reprezentacja jest przeciętna. Nie oczekujmy od niej zbyt wiele dziennikzachodni.pl.
1972-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi.
1978-yilgi Jahon chempionatida Polsha terma jamoasi bilan beshinchi oʻrinni egallagan.
Lubański uch oy Polonia Warshawda rahbar oʻrinbosari boʻlgan.
Lubański 1963-yil 13-noyabrda Yevropa kubogi (hozirgi UEFA Chempionlar ligasi) musobaqasining birinchi bosqichida Chexiyaning Dukla Praguega jamoasiga qarshi o‘yinda gol urgan klub tarixidagi eng yosh to‘purar hisoblanadi (yosh-u 16 yoshu 258 kun).
1997-yilda „Polshada sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchunn Polonia Restituta ordeni bilan taqdirlangan.
2015-yilda Polsha Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ unvonini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti 1968-yilda Lubański Grażynaga (qizlik familyasi:Loreto) ga uylandi. Ularning ikki farzandi bor: oʻgʻli Michał va qizi Małgorzata.
Faoliyat statistikasi
KlublarLigaKubokQitʼaJamiMavsumKlubLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPolshaLigaKubokYevropaJami1962-63Górnik ZabrzeEkstraklasa8410 - -941963-642312104128131964-65139233118131965-661823572325331966-672518115331221967-682424466434341968-69232277 - -30291969-7023125410738231970-712110467832241971-722514562132211972-73182 - -452271973-7410 - - - -101974-75125 - - - -1251975-76LokerenBelgiya Pro ligasi341721 - -36181976-772911323132141977-78311554 - -36191978-79321244 - -36161979-80281531 - -31161980-81248225031101981-8218410102041982-83ValenciennesDiviziya 23128 - - - -31281983-84Quimper337 - - - -3371984-85257 - - - -257Jami51927955545234626367
Polsha terma jamoasi Yil Ishtirok Gollar 1963-yil 3 1 1964-yil 4 2 1965-yil 2 5 1966-yil 6 1 1967-yil 7 3 1968-yil 6 6 1969-yil 8 10 1970-yil 7 2 1971-yil 5 4 1972-yil 9 3 1973-yil 5 7 1976-yil 1 0 1977-yil 3 2 1978-yil 8 1 1980-yil 1 1 Jami 75 48
Yana qarang
Polshada sport Polsha futbolchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Górnik Zabrze futbolchilari Turkum:KSC Lokeren Oost-Vlaanderen futbolchilari Turkum:Valenciennes FC futbolchilari Turkum:Quimper Kerfeunteun FC futbolchilari Turkum:KRC Mechelen futbolchilari Turkum:Ekstraklasa ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Challenger Pro ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Polshalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:1972-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1978 oʻyinchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Polshalik futbol murabbiylar Turkum:SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustalari Turkum:UEFA Oltin futbolchilari