Sergey Nikolaevich Novitskiy (; 1981-yil 16-mayda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Yana Xoxlova bilan birga 2010-yilning apreligacha konkida uchgan. Ular birgalikda 2008-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindorlari, 2009-yilgi Yevropa chempioni va ikki karra (2008 — 2009) Rossiyaning milliy chempioni boʻlgan.
Faoliyati Sergey dastlab yakka holda konkida uchuvchi bo‘lgan, uch hatlab sakrash elementini bajara olmagani sabab, muz ustida raqsga o‘tgan. Faoliyatining boshida u Oksana Goncharenko bilan konkida uchgan. Keyinchalik nafaqaga chiqqunga qadar Natalya Lepetyuxa bilan juftlikda konkida uchgan.
Sergey 2001-yil oktyabr oyida murabbiy Larisa Filina taklifi bilan Yana Xoxlova bilan sheriklik qilgan. Uch oy oʻtgach, juftlik Rossiyaning milliy musobaqasida qatnashib, yettinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2003-yilda murabbiylar Aleksandr Svinin va Irina Jukning jamoasiga oʻtgan. Xoxlova / Novitskiy asosan Moskvaning Sokolniki muz maydonida mashgʻulot oʻtkazardi.
Xoxlova / Novitski juftligi 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiadada 12-oʻrindan joy olgan. 2006-yilning kuzida juftlik Gran-pri doirasida oʻtkazilgan musobaqada birinchi medallarini qoʻlga kiritgan va Gran-pri finalida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Ular 2007-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida toʻrtinchi, Jahon chempionatida esa sakkizinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2008-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi Jahon chempionatida ular qisqa raqs namoyishi uchun ikkinchi oʻrinni, erkin raqsda esa beshinchi oʻrinni egallab, umumjamoa hisobida uchinchi oʻrindan joy olgan holda, Jahon medalini qoʻlga kiritganlar.
Dasturlari (Xoxlova bilan) Mavsum Original raqs Erkin raqs Standart raqs 2009 — 2010 Vdol po Piterskoy Firebird Akvarium
Grasslands
Hotel California
Natijalari GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xoxlova bilan Xalqaro Musobaqa 02-03 03-04 04-05 05-06 06-07 07-08 08-09 09-10 Olimpiada 12 9 Jahon chempionati 12 8 3 6 WD Yevropa chempionati 10 4 3 1ㅤ 3 finali 5 5 WD Bompard 6 2 Xitoy kubogi 3 3 2 Rossiya kubogi 7 1ㅤ NHK Trophy 6 4 2 3 Skate America 4 Skate Canada 6 Nebelhorn Trophy 2 Universiada 1ㅤ 1ㅤ Milliy Rossiya chempionati 7 5 4 3 3 2 1ㅤ 1ㅤ WD = musobaqani tark etgan
Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar