Jakub Świerczok (; 1992-yil 28 dekabrda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynaydi. J1 Liga klubi Nagoya Grampus Eight bilan shartnomasi bor, ammo doping testi ijobiy chiqqanidan keyin OFK tomonidan oʻynash huquqi bekor qilindi. 2025-yilning 9-dekabrigacha oʻynash huquqi mavjud emas.

Klublardagi faoliyati Tychy shahrida tugʻilgan Świerczok oʻz faoliyatini Polonia Bytomda boshlagan. I ligada 18 oʻyinda 12 ta gol urgan. Bundesliganing 1. FC Kaiserslauter klubi bilan 2012-yilning yanvarida 3 yarim yillik shartnoma imzolaganJakub Świerczok oficjalnie w Kaiserslautern 1 January 2012, onet.pl.

2017-yilning 16-iyunida Shvierczok Zagłębie Lubin bilan shartnoma imzoladi. Yarim mavsum davomida barcha musobaqalarda 25 oʻyinda 17 ta gol urdi.

Ludogorets Razgrad 2018-yilning 19-yanvarida Świerczok Bolgariyaning Ludogorets Razgrad klubiga 1 million yevrolik shartnoma asosida o‘tdi. Jamoadagi debyutini 2018-yilning 15-fevralida Yevropa ligasi 32-turida Italiya grandi Milanga qarshi o‘yinda o‘tkazdiLudogores zagubi ot Milan s 3:0. Hafta oxirida birinchi ligadagi debyutini Botev Plovdivga qarshi oʻtkazdiBotev vs Ludogorets. Debyut goli 2018-yilning 23-martida liga oʻyinida Etarga darvozasiga kiritilganLudogores razgromi Yetʼr i pak drʼpna na TsSKA. 2018-yilning 6-aprelida zaxiradan maydonga tushib SSKA Sofiyaga qarshi chempionlik derbisida 2 ta gol urdi. Klub 3:2 hisobidagi g‘alaba qozondiSuper depbi: Lydogores dokosva titlata sled obrat nad 10 ot TsSKA.

Nagoya Grampus 2021-yil 20-iyulda Nagoya Grampus klubi Piast Gliwicedan Swierczokni sotib olganini eʼlon qildi. 2021-yil dekabr oyida OFK Chempionlar ligasi uchun Pohang Steelersga qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan doping-testda taqiqlangan modda borligi aniqlandi. 2022-yil 28-oktabrda Nagoya Grampus ommaviy bayonot bilan chiqdi, unda OFK tomonidan berilgan jazo futbolchi uchun 2021-yilning 9-dekabridan boshlab futbol bilan bog‘liq barcha faoliyatdan 4 yilga chetlatilishi eʼlon qilindi.

Xalqaro faoliyati Świerczokning xalqaro futboldagi ilk ishtiroki 2011-yilda Polsha U20 terma jamoasi bilan boʻlgan. 2012-yilda Polsha U21 terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan

2017-yil 3-noyabrda Świerczok birinchi marta Polsha milliy terma jamoasiga Urugvay va Meksika bilan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun chaqirildi. 10-noyabr kuni Urugvayga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Faoliyat statistikasi

Klub . +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPolonia Bytom2011—2012I liga181220———20121. FC Kaiserslautern2011—2012Bundesliga6000———601. FC Kaiserslautern II2011—2012Regionalliga93————932013—201442————422014—2015103————103Jami238————238Piast Gliwice (ijara)2012—2013Ekstraklasa1000———00Zawisza Bydgoszcz2014—2015Ekstraklasa15400———154Górnik Łęczna2015—2016Ekstraklasa31710———327GKS Tychy2016—2017I liga301610———3116Zagłębie Lubin2017—2018Ekstraklasa211641———2517Ludogorets Razgrad2017—20181-Liga127——20—1472018—2019251112—951036182019—202021621—125—35122020—202110————10Jami592433--2310108637Piast Gliwice (ijara)2020—2021Ekstraklasa231531—11—2717Nagoya Grampus2021J1 Liga147213123—21122022000000——00Jami147213123--2112Jami faoliyati24110916631261410287130

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Polsha 2017-yil 2 0 2018-yil 1 0 2021-yil 3 1 Jami 6 1

+Jakub Świerczok tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Manba 1 2021-yil 1-iyun Stadion Miejski, Wrocław, Polsha 1—0 1—1 Doʻstona

Yutuqlari Ludogorets

Bolgariya ligasi: 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020 Bolgariya Superkubogi: 2018, 2019

Nagoya Grampus

J.Liga kubogi: 2021

Individual

Ekstraklasada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2020-yil noyabr, 2020-yil dekabr, 2021-yil aprel, 2021-yil may

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar