Marcin Ryszard Wasilewski (; 1980-yil 9-iyunda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. 2014-yilda „Leicester City“ bilan Premyer-liga gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati

Ilk faoliyati Wasilewski Polshaning Krakov shahrida tugʻilgan va professional faoliyatini mahalliy Hutnik Kraków klubida boshlagan. 2005-yilda Amica Wronkiga oʻtdi; keyingi yili Lech Poznań klubi bilan shartnoma tuzdi. 

Anderlecht 2007-yilning yanvarida Belgiyaning R. S. C. Anderlecht jamoasi Wasilewskini sotib oldi. 2008—2009-yilgi mavsumda klubning eng koʻp gol urgan uchinchi oʻyinchisi boʻldi. Leicester City thumb| Wasilewski 2016-yil 15 may kuni "Stemford Bridj" da „Chelsi“ga qarshi liga oʻyinida „Leicester City“da oʻynadi. 2013-yil 14-sentyabrda Wasilewski shartnoma imzolash uchun Angliya chempionatida Leicester City bilan sinovdan oʻtayotgani xabar qilingandi. 17-sentyabr kuni „tulkilar“ bilan bir yillik shartnoma imzolagani tasdiqlandi. 24-sentabr kuni Derby Countyga qarshi Liga Kubogining 3-bosqichi oʻyinida debyut qildi. „Leicester“ mavsumda liga chempioni boʻldi va Premyer-ligaga qaytishini aniq boʻldi. 2014-yilning 22-mayida shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. 

Wasilewski Premyer-ligadagi debyutini 2014-yilning 1-noyabrida West Bromwich Albionga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazdi. 2015-yil 31-yanvarda Wasilewski ingliz futbolidagi ilk golini „Leicester“ning Manchester Unitedga qarshi oʻyinida boshi bilan urdi, uchrashuv 3:1 hisobida „qizil bilislar“ foydasiga hal boʻldi. 4-iyun kuni Wasilewski oʻzining Instagram sahifasi orqali „Leicester City“ bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

2015—2016-yilgi Premyer-liga mavsumidagi ligadagi ilk oʻyinini 2015-yilning 19-dekabrida Evertonga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi.

Xalqaro Wasilewski 2002-yil 20-noyabrda Kopengagenda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoada debyut qildi . Polsha terma jamoasining Yevro-2008 va Yevro-2012 musobaqalaridagi ishtirokida ham qatnashgan. 

Faoliyat statistikasi thumb| Wasilewski va uning oilasi 2016-yil 7-may kuni King Power stadionida „Leicester“ning Premyer-ligadagi gʻalabasini nishonlamoqda

Klub . KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarHutnik Kraków1998—1999I liga140———1401999—2000400———400Jami540———540Śląsk Wrocław2000—2001Ekstraklasa251———2512001—2002264———264Jami515———515Wisła Płock2002—2003Ekstraklasa251———2512003—2004201—20—2212004—2005151———151Jami603—20—623Amica Wronki2005—2006Ekstraklasa244———244Lech Poznań2006—2007145—10—155Anderlecht2006—2007Belgian Pro Liga1420000—1422007—200826300111—3732008—20093080010—3182009—2010610040—1012010—20111730020—1932011—20123032081—4042012—2013220406010330Jami14520603221018421Leicester City2013—2014Championship31010—303502014—2015Angliya Premyer-ligasi25120—102812015—20164021—30912016—20171020101050Jami611711080772Wisła Kraków2017—2018Ekstraklasa17100——1712018—201919000——190Jami36100——361Jami faoliyati445391313629050341

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarPolsha 2002-yil 1 0 2003-yil 4 0 2004-yil 1 0 2005-yil 1 0 2006-yil 5 1 2007-yil 11 0 2008-yil 11 0 2009-yil 4 1 2010-yil 0 0 2011-yil 6 0 2012-yil 13 1 2013-yil 3 0 Jami 60 3

Xalqaro gollari

Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadiAndrzej Gowarzewski: Biało-Czerwoni. .

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2006-yil 6-dekabr Shayx Zayed stadioni, Abu Dabi 2 — 0 5—2 Doʻstona 2. 2009-yil 12-avgust Zdzislav Krzyszkowiak stadioni, Bydgoshcz 1 — 0Andrzej Gowarzewski: Biało-Czerwoni. 2—0 Doʻstona 3. 2012-yil 2-iyun Pepsi Arena, Varshava 4 — 0 4—0 Doʻstona

Yutuqlari

Belgiya Pro-ligasi: 2006—2007, 2009—2010, 2011—2012, 2012—2013  Belgiya kubogi: 2007-08  Belgiya Superkubogi: 2007, 2010 

Leicester City

Futbol ligasi chempionati: 2013—2014

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari