Bełchatów [bɛu̯ˈxatuf] — Polshaning markaziy qismidagi shahar boʻlib, 2021-yil dekabr holatiga koʻra, shaharda 55 583 kishi istiqomat qiladi. U Varshavadan uzoqlikda, Lodz voevodeligi hududida joylashgan.

Bełchatów shahrida joylashgan Elektrownia Bełchatów Yevropadagi eng yirik koʻmir yoqilgʻisi bilan ishlovchi elektr stantsiyasi hisoblanadi. Shuningdek u dunyodagi eng yirik stansiyalardan biri hamdir. 8000 kishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻmir koni va elektr stansiyalarini boshqaradigan kompaniyada ishlaydi.

Etimologiyasi Bełchatów - bu turar joy asoschisi hamda egasi bo'lgan eski polshalik Bełchat (bełch - girdob) nomidan olingan. Belchatow nomi tarixiy manbalarda ilk bor 1391-yilda tilga olingan.

Tumanlar Bełchatówning bir munitsipal boʻlinmasi koʻplab turar-joy massivlarini oʻz ichiga oladi, shu jumladan shaharning markaziy qismida („Kultura“ kinoteatri, Munitsipal madaniyat markazi, shahar hokimiyati va cherkov) joylashgan Budovlanich uy-joy massivi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mulk shuningdek, „Rakówka“ daryosi va Olszewski bogʻiga yaqin hududda oʻrnashgan.

Bełchatówning boshqa munitsipal boʻlinmalariga Dobrzelow tumani, Grocholice va quyidagi turar-joy massivlari kiradi: Osiedle 1 Maja Osiedle Binków Osiedle Dolnośląskie Osiedle Konopnickiej Osiedle Kopernika Osiedle Łąkowa Osiedle Okrzei Osiedle Olsztyńskie Osiedle Przytorze Osiedle Słoneczne Osiedle Tysiąclecia Osiedle Wolności Osiedle Żołnierzy P.O.W.

Pazandachiligi Bełchatówning rasman himoyalangan anʼanaviy taomi (Polsha qishloq xoʻjaligi va qishloq taraqqiyoti vazirligi tomonidan tayinlangan) — bu wyborowa krówka bełchatowska, mahalliy krovka (anʼanaviy polsha konfeti) hisoblanadi.

Sport

Skra Bełchatow — PlusLiga (Polsha oliy divizioni)da oʻynaydigan erkaklar voleybol jamoasi boʻlib, 9 karra Polsha chempioni, 7 karra Polsha kubogi gʻolibi hisoblanadi. GKS Bełchatow — ikkinchi divizionda oʻynaydigan erkaklar futbol jamoasi, ilgari Ekstraklasa (yuqori divizion)da ham oʻynagan.

Xalqaro munosabatlar

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar Bełchatów bilan birodarlashgan shaharlar:

Aubergenville, Fransiya Myślenice in Polsha Csongrád in Vengriya Alcobaça Portugaliya Tauragė Litva

Sobiq birodar shaharchalar

Sovetsk, Rossiya

2022-yil fevral oyida Bełchatów Rossiyaning 2022-yilgi Ukrainaga bostirib kirishiga munosabat sifatida Rossiyaning Sovetsk shahri bilan hamkorlikni toʻxtatdi.

Taniqli shaxslar

Harry Haft (1925-2007) Osventsim kontslageridan omon qolgan, 1948-1949-yillarda AQShda professional bokschi sifatida faoliyat yuritgan.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt Virtual Shtetldagi Bełchatow yahudiy jamoasi

Turkum:Piotrkow gubernatorligi Turkum:Bełchatów tumani Turkum:Lodz voevodeligidagi shaharlar va qishloqlar Turkum:Bełchatów