Ying Rudi () (1998-yil 16-avgustda tugʻilgan) — xitoylik professional xokkeychi. Ying Rudi hozir Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Yoshligi Ying Rudi 1998-yil 16-avgustda Pekinda rejissyor va aktyor Ying Da va Liang Huan oilasida tugʻilgan.

Oʻyin faoliyati Ying Rudi 9 yoshida oilasi bilan Chikago shahriga koʻchib oʻtgan. Bu vaqtgacha Ying Rudi Pekindagi bolalari uchun moʻljallangan xokkey jamoalarida oʻynagan.. Ying Rudi 2012 —2013-yilgi mavsumda „Boston Bruins“ xokkey klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi.

Ying Rudi 2015 —2016-yilgi mavsumda Ontario xokkey ligasi (OJHL) vakili „Toronto Patriots“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

2016-yil 16-avgustda Ying Rudi Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Ying Rudi KHL va NHLda oʻynagan birinchi xitoylik xokkeychiga aylandi. Ying Rudi klub safidagi birinchi mavsumida 25 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Ying Rudi 2014-yilgi IIHF U-18 Jahon chempionati II divizionida Xitoyning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar millay xokkey terma jamaosi safida ishtirok etdi. Jamoadagi eng yosh oʻyinchi Ying Rudi musobaqada beshta oʻyinda yetti ochko (beshta gol va ikkita golli uzatma) toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Shaxsiy hayoti Ying Rudi dastlab Pekindagi savdo markazida xokkey oʻynashni boshlagan edi. Ying Rudining onasi xarid bilan band boʻlganida u konkida uchar edi. Ota-onasi Ying Rudini toʻqqiz yoshida karyerasini davom ettirish uchun Qoʻshma Shtatlarga yuborishga qaror qilishdiSapurji, Sunaya (2015-08-19). „Rudi Ying follows family tradition, opens doors to China through hockey“. Sports. Yahoo.com. Retrieved 2015-08-19.. Dastlab Ying Chikagoda yashagan, ammo keyinchalik Boston hududiga koʻchib oʻtgan. Bu yerda Ying Rudi Sauthboroughdagi Fay maktabida tahsil olgan.

Ajdodlari Ying Rudining katta bobosi Ying Lianzhi (; 1867 —1926) Takungpao va Fu Jen katolik universitetining asoschisidir. Ying Rudining katta buvisi Aisin Gioro Shuzhong () Sin sulolasi qirollik oilasining aʼzosi edi. Ying Rudining katta onasi tomonidan bobosi Cai Rukai ; 1867 — 1923) Beiyang universiteti prezidenti edi. Ying Rudining katta bobosi Ying Qianli (; 1900 —1969) Tayvan universiteti va Fu Jen Katolik Universiteti professori edi. Ying Rudining buvisi Cai Baozhen () Pekin bolalar kutubxonasi prezidenti edi. Ying Rudining buvisi Zhou Enlai () Chjou Enlaining tarjimoni edi. Ying Rudining bobosi Ying Ruocheng 1986-yildan 1990-yilgacha rejissor, aktyor, dramaturg va madaniyat vaziri oʻrinbosari boʻlgan. Ying Rudining xolasi Ying Xiaole () xitoy-amerikalik rassom boʻlgan edi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2012 —2013Boston Jr. Bruins 18U AAAEJEPL194592400002013 —2014Beijing Ice HockeyChina——————————2014 —2015Beijing Ice HockeyChina——————————2014 —2015Connecticut NighthawksMetJHL81012—————2014 —2015Phillips Exeter AcademyUSHS14011——————2015 —2016Valley Jr. Warriors 18U AAAMHSL1447114—————2015 —2016Toronto PatriotsOJHL1921330—————2016 —2017Kunlun Red StarKHL250002—————2017 —2018KRS HeilongjiangVHL4220218—————2017 —2018KRS JuniorMHL613420—————2018 —2019KRS-ORGVHL514162079—————2018 —2019Kunlun Red StarKHL21010—————2019 —2020KRS-BSUVHL534121628—————2021 —2022Kunlun Red StarKHL201016—————KHL jami472028—————

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2014 Xitoy WJC18 D2B 5 5 2 7 12 2015 Xitoy WJC18 D2B 5 6 1 7 12 2016 Xitoy WJC18 D2B 4 2 1 3 33 2017 Xitoy WJC D3 5 9 10 19 0 2017 Xitoy WC D2B 5 1 3 4 18 2018 Xitoy WJC D3 5 8 6 14 4 2018 Xitoy WC D2A 2 0 0 0 2 2019 Xitoy WC D2A 5 1 2 3 4 2022 Xitoy OG 4 0 0 0 4 Oʻsmirlar safida 24 30 20 50 61 Kattalar safida 16 2 5 7 28

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Xitoy xokkeychilari Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar