Eron yadro dasturi — qator yadroviy inshootlar jumladan, yadro reaktorlar va turli yadroviy yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi katta salohiyatga ega yadro markazlarni barpo etishni maqsad qilgan loyiha.

Anarak Yazd yaqinida insho qilingan Anarak yadroviy chiqindilarni saqlash uchun moʻljallangan muhim ombor hisoblanadi.

Arak Arak hududida bir nechta sanoat majmualari joylashgan. Shulardan ayrimlari yadroviy dastur bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, yaratilishi mukammalashtirilayotgan IR-40 reaktori va Arak yaqinidagi ogʻir suv ishlab chiqarish zavodi hozirgi kundagi dasturning eng eʼtiborli qismi boʻlib kelmoqda. 1990-yillarning oxiriga kelib yuqori portlovchi xususiyatga ega yadroviy sinov kamerasini ishlab chiqargan ushbu komplekslardan biri Parchinga koʻchirilgan. IAEA unga tashrif buyurishni soʻraganda markaz buni rad etgan. Arak hududida shuningdek, IR-1 rotorlari uchun yuqori quvvatli alyuminiy ishlab chiqarishga qodir zavodlar mavjud deb taxmin qilinadi.

Markaz 2002-yilda Eron xalq mujohidlari vakili tomonidan fosh qilingan ikkita qimmatli joylardan biri hisoblanganArak, GlobalSecurity.org. 2006-yilning avgust oyiga kelib, Eron ogʻir suv ishlab chiqaradigan Arak zavodining rasmiy ochilishini eʼlon qiladi. Ammo davlatning „Kafolatlar toʻgʻrisidagi kelishuv“shartlariga koʻra, qurilish ishlari davom etayotgan vaqtda respublika obyekt mavjudligi haqida xabar berishga majbur emas edi. Chunki kelishuv nizomiga binoan, 180 kun har qanday obyektning sir saqlanishi uchun soʻnggi muddat hisoblanardi. Ushbu reaktor 1967-yilda Tehron yadroviy tadqiqot markazining ishlash muddati tugagan tadqiqot reaktorini almashtirish uchun moʻljallangan boʻlib, asosan tibbiy va qishloq xoʻjaligi maqsadlarida radioizotoplarning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Ardakan Ardakan (shuningdek Ardekan yoki Erdekan deb ham nomlanadi) yaqinida yadroviy obyekt mavjudligi ehtimoli haqidagi ilk maʼlumot 2003-yil 8-iyul kuni Eron Milliy Oppozitsiya Kengashi tomonidan beriladi. Eron Atom energiyasi tashkiloti (AEOI) yadro yoqilgʻisini ishlab chiqarish boʻyicha vitse-prezidenti Muhammad Gannadi Marageh 2003-yil sentabr oyida bu obyekt yillik quvvati 120 000 metr tonna ruda va 50 metr tonna uran ishlab chiqarish manbaiga ega ulkan tegirmon ekanligini taʼkidlaydi. Eron Islom Respublikasi Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi(IAEA)ga bergan hisobotiga koʻra,2004-yilning iyul oyida markaz „issiqlik sinovi“dan oʻtkazilgani va 40 dan 50 kg gacha sariq tort ishlab chiqarishga qodir. Lekin 2008-yilning soʻnggi holatiga binoan, Eron IAEA ga oʻz yadro faoliyati haqida boshqa maʼlumot bermagan va bermayapti.

Bonab thumb|300x300px| Arak. IR-40 ogʻir suv reaktori Bonabda joylashgan Atom energiyasi tadqiqot markazi yadro texnologiyasining qishloq xoʻjaligida qoʻllanilishi ustida tadqiqot ishlari olib bormoqda. Markaz AEOI tomonidan boshqariladi.

Busher Busher atom elektr stansiyasi 17 kilometr uzoqlikda Busher shahrining janubi-sharqida,Fors koʻrfazida joylashgan.Qurilish 1975-yilda boshlangan, ammo 1979-yilning iyul oyida Eron inqilobidan keyin toʻxtatilganBushehr: Fertigstellung des iranischen Kernkraftwerkes ist für Russland Ehrensache (German). Stansiya 1980-yil oʻrtalarida Eron-Iroq urushi paytida Iroq havo hujumlari natijasida shikastlangan.1995-yilda Eron Rossiyaning Atomstroyeksport kompaniyasi bilan mavjud Busher I binosiga 915 rusumli MWe VVER −1000 kVt bosimga ega suv reaktorini oʻrnatish boʻyicha shartnoma imzolaganda markaz qayta tiklanadi.2007-yilning dekabr oyidan Rossiya Busher atom elektr stansiyasiga yadro yoqilgʻisi yetkazib berishni boshladiRussia delivers nuclear fuel to Iran. CNN. 17 December 2007. Qurilish 2009-yilning mart oyida oʻz nihoyasiga yetdiIranʼs Bushehr NPP no threat to its neighbors — experts RIA Novosti 2009-05-13.

2010-yil 13-avgustda Rossiya 21-avgustdan boshlab zavodga uzluksiz yoqilgʻi yetkazib berilishini eʼlon qildi, bu esa uning yadroviy inshoot sifatida tan olinib, oʻz mavqeiga ega chiqganligini anglatar edi. Yoqilgʻi yuklanganidan keyin 6 oy ichida zavodni toʻliq ishga tushirish maqsadi oldinga qoʻyildi. Tehron va Moskva Busherni boshqarish uchun qoʻshma korxona tashkil etishdi, chunki Eron bunday qurilmalarni saqlash boʻyicha hali yetarlicha tajribaga ega emas edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, Eron 2 yoki 3 yil ichida reaktorni deyarli barcha operatsion boshqaruvini oʻz nazoratiga oldi„Russia, Iran set up joint venture to operate Bushehr power station“, RIA Novostni (August 21 2010).

2013-yil 23-sentabrda Busherni operativ nazorat qilish Eronga oʻtkazildi va 2014-yilning noyabr oyida Eron va Rossiya Busher maydonchasida ikkita yangi yadro reaktorini qurish boʻyicha bitim imzolab, keyinroq boshqa obyektlarda yana 6ta reaktor qurish imkoniyati mavjudligi haqida kelishib olishdi. Qurilish rasman 2017-yil 14-martda boshlangan.

Chalus 1995-yilda Yevropada yashovchi eronlik muhojirlar Eron Chalus shahridan 20 kilometr uzoqlikdagi togʻda yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun maxfiy inshoot qurayotganini daʼvo qilishadi. 2003-yilning oktyabr oyida Muhammad al-Baradei " Tekshiruvlar nuqtai nazaridan, hozirgacha faqatgina biz ruxsat bergan saytlarga tashrif buyurilishi mumkin " deb eʼlon qilishi va Chalus yadro markazi haqida hech bir saytda maʼlumot topilmagani yuqoridagi daʼvolarni isbotlagandek tuyuladi.

Darkovin Islom Respublikasi 2007-yilning 6-mart sanasida mamlakat janubi-gʻarbidagi Darkovin shahrida 360 kVt quvvatga ega mahalliy barpo qilingan atom elektr markazini qayta qurishni boshlaganini eʼlon qildiIran starts second atomic power plant: report, Reuters, Feb 8, 2008..

Fordo Qum shahri yaqinidagi Fordo sobiq Islom inqilobi qoʻriqchilari bazasida uranni boyitish boʻyicha yer osti inshooti joylashgan. Oʻsha paytda qurilishi tugallanmagan Fordo yoqilgʻi boyitish markazining (FFEP) mavjudligi Gʻarb razvedkasiga oshkor boʻlgandan keyingina 2009-yil 21-sentabrda Eron tomonidan IAEA ga maʼlum qilindiGOV/2009/74 Implementation of the NPT Safeguards Agreement and relevant provisions of Security Council resolutions 1737 (2006), 1747 (2007), 1803 (2008) and 1835 (2008) in the Islamic Republic of Iran. Gʻarb rasmiylari Eronni stansiyani ilgari oshkor qilmagani uchun qattiq qoraladi. Xususan AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Fordo AQSh kuzatuvi ostida boʻlgan. Eron oʻzining dastlabki deklaratsiyasida zavodning maqsadi 16 kaskad va jami 3000 ta sentrifugani oʻz ichiga olgan, 5% U-235 bilan boyitilgan UF6 ishlab chiqarish uchun moʻljallanganini taʼkidladi. Eronning taʼkidlashicha, obyekt haqida maʼlumot berilmaganligi uning IAEA bilan kafolatlar boʻyicha kelishuv doirasining qonuniy majburiyatlariga mos keladi. Biroq, IAEA Eron 2003-yildagi kelishuvga binoan, yadroviy markazlarni qurishga qaror qilgan zahoti ularni oshkor qilishga majbur ekanligini taʼkidladi. Keyinchalik 2011-yilning sentabr oyida Eron 20% kam boyitilgan uran ishlab chiqarishni Natanzdan Fordoga koʻchirilganini aytdi va kam foizdagi uran miqdorini boyitish 2011-yilning dekabrida boshlandi. Fordo zavodi yer ostida 80-90 metr chuqurlikda qurilgan. Ilm-fan va xalqaro xavfsizlik instituti maʼlumotlariga koʻra, obyektning mumkin boʻlgan koordinatalari:.

Isfahon Isfahon yadro texnologiyalari markazining yadroviy tadqiqot obyektida bugungi kunda Xitoy tomonidan taʼminlangan 4 kichik yadroviy tadqiqot reaktorlari ishlaydi. Markaz AEOI tomonidan boshqariladiEsfahan / Isfahan — Iran Special Weapons Facilities.

Isfahondagi uran konvertatsiya qilish zavodi yuqoridagi sariq tortlarni uran geksafloridiga aylantiradi.2004-yil oktabr oyining oxiriga kelib, markaz 70% ishlaydigan 24ta qoʻshimcha ustaxona bilan toʻldirilgan. Shuningdek, yaqin atrofda yadroviy reaktorlar uchun zarur ingredientlar va qotishmalar ishlab chiqaradigan zirkoniy ishlab chiqarish zavodi (ZPP) ham joylashtirilgan.

2022-yilga kelib,Isfahonga yaqin urbanizatsiyalashmagan hududda yana bir yangi yadroviy markaz qad koʻtardi.

Karaj Hashtgerddagi Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari va yadroviy tibbiyot markazi hisoblanadigan Karaj 1991-yilda tashkil etilgan va AEOI tomonidan boshqariladi.

Lashkarobod Lashkarobod izotoplarni ajratish boʻyicha tajriba zavodi hisoblanadi. 2002-yilda tashkil etilgan ushbu obyekt birinchi marta 2003-yilning may oyida Alirizo Jafarzoda tomonidan fosh qilinib, IAEA tomonidan tekshirilishgacha olib kelingan. Eron uranni lazer izotop ajratma texnikasi yordamida boyitish niyati yoʻqligini va zavod yopilganligini eʼlon qilishiga qaramasdan hudud doimo ish faoliyatida boʻlgan. 2006-yil sentabr oyida Alirizo Jafarzoda yadro markazi Eron tomonidan qayta tiklangani va bu yerda lazer bilan boyitish ishlari olib borilayotganini daʼvo qiladihttp://www.spcwashington.com/index.php?option=com_content&task=view&id=32&Itemid=43 SPC.

Lavizan () Sobiq Lavizan-Shian Texnik tadqiqot markazidagi barcha binolar 2003-yil avgustidan 2004-yilning martigacha buzib tashlangan. IAEA inspektorlari tomonidan olingan atrof-muhit namunalarida radiatsiya izlari topilmadi. Markaz Tehron shahriga qaytarilish arafasida turibdi .

Reuters maʼlumotlariga koʻra, AQShning tuproq yuqori qatlami olib tashlanganligi va stansiya sanitarizatsiya qilingani haqidagi daʼvolarini Lavizanga tashrif buyurgan IAEA tergovchilari tasdiqlay olmadi :Vashington Eronni maydondan katta miqdordagi tuproq qatlami va vayronalarni olib tashlashda va uning oʻrniga yangi tuproq qatlamini qoʻyishda aybladi, bunda AQSh rasmiylari Lavizandagi yashirin yadroviy faoliyatni yashirishga urinish boʻlishi mumkin deb iddao qilishdi.

AQShning IAEA dagi sobiq vakili Kennet Brill iyun oyida Eronni BMT inspektorlari kelishidan oldin Lavizanni sanitarizatsiya qilish uchun “buzuvchi to‘p va buldozer”dan foydalanganlikda aybladi.

Ammo IAEA ga yaqin boshqa bir diplomatning Reuters agentligiga xabar berishicha, Lavizan hududida tuproq olib tashlanganiga hech bir tekshiruv natijalari dalil keltira olmaganligini ta'likdlaydi.

Lavizan-3 2015-yil 24-yanvar kuni Eron Milliy Oppozitsiya Kengashining eronlik dissidentlari Tehron yaqinida Lavizan-3 deb nomlangan yashirin uran boyitish inshooti mavjudligini daʼvo qilishdi. NCRIning daʼvolari keyinchalik sunʼiy yoʻldosh tasvirlarining tahlili va NCRI tijorat kompaniyasining mustahkam eshik reklamasini daʼvo qilgan yadroviy inshootning bir qismi sifatida tasvirlangan nazariya asosida Jefrri Lyus kabi yadroviy qurollar tarqalishi boʻyicha tadqiqotchilar tomonidan rad etildi. Amerika olimlari uyushmasi hisobotida bu daʼvolar 2017-yilda „oʻchirilgan“ deb koʻrsatilgan. NCRIning guruh tomonidan qarshi chiqilgan ayblovlari Eron va AQSh oʻrtasida JCPOA boʻyicha yakuniy kelishuvlarga erishilishidan bir necha hafta oldin qilingan.

Natanz left|thumb| Natanz yadroviy inshooti Natanz 8 metr yer ostida qurilgan va 2,5 metr qalinlikdagi beton devor bilan himoyalangan. Asosi esa boshqa beton devor bilan himoyalangan 100 000 kvadrat metr maydonga ega qotirilgan yoqilgʻi boyitish zavodi. Eronning Isfahon viloyati Natanz okrugining poytaxti Natanz shahri yaqinida joylashgan. 2004-yilda majmua tomi temir beton bilan qotirilib, 22 metr tuproq bilan qoplanadi. Majmua 25 000 kvadrat metrlik 2 zal va bir qancha maʼmuriy binolardan iborat. Bu bir vaqtlar 2002-yil avgust oyida Alirizo Jafarzoda tomonidan fosh qilingan 2 maxfiy yadro markazlaridan biri edi. 2003-yil 21-fevralda IAEA bosh direktori Muhammad al-Barodi maydonga tashrif buyurib,160 ta sentrifuga toʻliq va ishga tayyor, yana 1000 tasi stansiya ustaxonalarida qurilayotganini maʼlum qildi. Oʻsha vaqtga qadar amalda boʻlgan Eronning himoya choralari boʻyicha qoʻshimcha kelishuvlar kodeksining 3.1-moddasiga muvofiq,Eron Natanz boyitish inshootini yadroviy material kiritilgunga qadar 6 oy oldin eʼlon qilishga majbur emas edi. IAEA maʼlumotlariga koʻra,2009-yilda Natanzda 7000 ga yaqin sentrifuga oʻrnatilgan boʻlib, ulardan 5000 tasi kam foizda boyitilgan uran ishlab chiqargan.