Maksym AnatoliyovychKoval (; 1992-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Sheriff Tiraspol jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Metalurh Zaporizhzhia FK Koval Metalurh Zaporizhzhiani maktabini bitirgan. Birinchi marta 2009-yilning 26-iyulida asosiy jamoa zaxirasiga kiritilgan. 1-noyabr kuni Ukraina Premyer-ligasining 12-tur uchrashuvida maydonga tushgan. 3:0 hisobidagi g‘alabada darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. „Metallurg“ning koʻp oʻyinlarida asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. 19 ta o‘yinda atigi 23 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Dynamo Kyiv left|thumb| Koval hamda „Ajax“ futbolchisi Luis Suárez Debyut mavsumidan soʻng, 16 yoshidayoq Kovalga Kiyevning „Dynamo“si qiziqish bildirgan. 2010—2011-yilgi mavsum uchun atigi 3 ta oʻyinga shartnoma imzoladi.

2014—2015: Hoverla Ujgorodga ijara 2014-yilning 6-avgustida Koval Hoverla Uzhgorodga ijaraga berildi. 2015-yilning 3-martida „Dynamo“ning qishki yig‘inida ishtirok etganidan so‘ng, Koval mavsum oxirigacha Hoverlada ijarada oʻynashi maʼlum bo‘ldi.

2015—2016: Odense Boldklubga ijara 2015-yilning 30-avgustida Koval Daniyaning Odense Boldklubiga bir mavsumga ijaraga berildi.

2017—2018: Deportivo La Coruñaga ijara 2018-yilning 20-yanvarida Koval Ispaniya La Ligasining Deportivo La Coruña klubiga ijara asosida qo‘shildi.

2018—2019: Al-Fatehga ijara 2018-yilning 23-iyulida Koval 2018—2019-yilgi mavsumni Saudiya Arabistoni Professional Ligasining Al-Fateh klubida ijarada oʻtkazishi eʼlon qilindi.

Al Fateh Ijara muddati tugagach, Al-Fateh Kovaln Kiyevning „Dynamo“sidan sotib olishga muvaffaq boʻldi va darvozabon bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2022-yilning 30-iyunida shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etdi.

Sheriff Tiraspol 2022-yil 13-avgustda Sheriff Tiraspol Koval bilan shartnoma tuzganligini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati Koval 2011-yilning iyun oyida Oʻzbekiston va Fransiyaga qarshi oʻyinlar uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, biroq bu oʻyinlarning birortasida ham maydonga tushmadi. 2012-yilning 1-iyunida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:3, magʻlubiyat) tarkibga kiritildi. Koval 2012-yil Ukraina terma jamoasining oʻz maydonida boʻlib oʻtadigan UEFA Yevro-2012 turniri uchun tarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarMetalurh Zaporizhzhia2009—2010Ukraina Premyer-ligasi19000--1902010—2011Ukraina Premyer-ligasi3000--30Jami220000000220Dynamo Kyiv2010—2011Ukraina Premyer-ligasi1201050-1802011—2012Ukraina Premyer-ligasi801010001002012—2013Ukraina Premyer-ligasi23000100-3302013—2014Ukraina Premyer-ligasi1302040-1902014—2015Ukraina Premyer-ligasi00000000002015—2016Ukraina Premyer-ligasi00000000002016—2017Ukraina Premyer-ligasi70200000902017—2018Ukraina Premyer-ligasi1100070001802018—2019Ukraina Premyer-ligasi0000000000Jami74060270001070Hoverla Uzhhorod (ijara)2014—2015Ukraina Premyer-ligasi21030--240OB (ijara)2015—2016Superliga10010--110Deportivo La Coruña (ijara)2017—2018La Liga2000--20Al-Fateh (ijara)2018—2019Saudiya Arabistoni Professional ligasi29010--300Jami faoliyati1580110270001960

Yutuqlari

Klub

Dynamo Kyiv

Ukraina kubogi: 2013—2014

Individual

Ukrainaning eng yaxshi yosh (21 yoshgacha) futbolchisi (Ukrainaning Oltin isteʼdodi boʻyicha): 2013-yil aprel, iyul 2013-yil

Manbalar

Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar