Xoʻjalik Mezolit davrida yevropa arxeologiyasi davrida shimoliy Yevropa hududida ovchilik bilan shugʻullanuvchilar jamoalar madaniyati shakllanadi. Yaʼni bu xoʻjalik turi Angliyaning sharqiy viloyatlaridan tortib toki Estoniya, ayniqsa Bolqonboʻyi hududlarida ravnaq topdi. Miloddan avvalgi 8 ming yillikning oʻrtalariga kelib, mezolit davri ovchilari toshlardan boltalar yasab oʻrmonlarda daraxtlarni kesishda ulardan foydalanishgan. Ov qurollari asosan toshdan ishlangan. Bunday tosh qurollar farxeologiya fanida mikrolit tosh qurollar nomini olgan. Mezolit davri ovchilari tosh qurollardan nafaqat ov jarayonida, balki harbiy maqsadlarda ham foydalanishgan.1869 yilda G. De mortile paleolit davridan soʻng neolit davri deb hisoblagan. Keyinchalik esa Ye. Kartile G.De Mortile fikrlarini tahlil etgan xolda shunday xulosaga keldiki paleolit va neolit oʻrtasida xiatus mavjud boʻlsa, u holda Yevropa mintaqasi uzoq davriy vaqt davomida insoniyat tomonidan oʻzlashtirilmagan. Biroq bu davrga kelib, bu boʻshliqni toʻldirish imkoniyatin i beruvchi bir qancha dalillar qoʻlga kiritiladi. 70 yillarning oxirlariga kelib esa shved olimi Torell paleolit davridan neolit davriga oʻtish bosqichini "mezolit " yaʼni „oʻrta tosh“ davri deb nomlaydi.

Yevropada mezolit Yevropaning mezolit davri miloddan avvalgi 9—6-ming yilliklar bilan davrlanadi. Yevropada ham mezolit davri buyuk muzliklarining chekinishi va hozirgi zamon iqlimiga oʻzgarishi davriga toʻgʻri keladi. Muzliklarning chekinishi natijasida iqlim va oʻsimliklar dunyosi oʻzgarib ketadi. Muzlik davrining soʻngi bosqichida Yevropa shimolining katta qismida toʻgʻrisimon oʻsimliklar hukmronlik qilar edi. Asta — sekinlik bilan muzliklar shimolga tamon chekinadi va hozirgi kunda mavjud boʻlgpn boltiq dengizi poydo boʻladi. Muzlik davrining tugashi bilan Janubiy va Markaziy Yevropada shimol kiyigi yoʻqoladi ovchilarning asosiy ov manbai boʻlib bugʻular va boshqa hayvonlar qoladi. Muzlik davri ovchilarining turar joylari yengil tipdagi manzilgoh edi. Yevropada qoʻlga oʻrgatilgan hayvon bu it hisoblanadi.

Madaniyat Yevropaning turli hududlarida mezolit davrida madaniyatlarining kechishi har xil boʻlgan. Shimoliy Yevropa mezoliti Yevropa mintaqasining oʻrta yer dengizi va atlantika havzalari qismlaridan ancha farq qiladi. Muzlik erishi bilan yevropa hududidagi yashagan iptidoiy ajdodlarimiz bugʻular izidan bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yangi yerlarni oʻzlashtira boshlaganlar. Ibtidoiy ajdodlprimiz shimoliy tomonga siljishi natijasida bu yerlar Gamburg, Feder messer, Orenburg kabi madaniyatlarga asos soladi. Germaniyaning shimolidagi mezolit davri madaniyatlariga boltalar madaniyati nomi berilgan ushbu madaniyatning asosiy yodgorliklari Pinnenburg, Dyuvenzee va Oldesloe sivilizatsiyalari hududlaridan topib oʻrganilgan. Masalan: Pinnenburg qishlogʻida oʻtkazilgan qazuv ishlari natijasida bir nechta manzilgohlar, qabrlar va oʻchoq qoldiqlari aniqlangan. Shimoliy Skandinaviyaning mezolit davri madaniyatlari Fosna(Fosna), Komsa (Komsa) va Askola (Askole)madaniyatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Komsa madaniyati Norvegiyaning (Finmarker) shimoliy qismida, Finlandiyaning shimoliy qismida Skandinaviya yarim oroligacha boʻlgan hudularda keng tarqalgan.

Manzilgohlar Fanda 100 dan ortiq manzilgohlar maʼlum boʻlib, ulardan asosan, toshdan ishlangan qirindilar namunalari topilgan. Finlandiyada komsa madaniyati bilan bir vaqtda askola madaniyati mavjud boʻlgan (unga tegishli manzilgohlar Askola viloyati, Porvan — Yoki yaqinidan topib oʻrganilgan) ov qurollari asosan kvarsitdan ishlangan. Ushbu ikkala madaniyat ham miloddan avvalgi VIII ming yilliklar bilan belgilanadi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra ushbu madaniyat yodgorliklariga oʻxshash. Extimolki ularning paydo boʻlishi ajdodlarimizning shimol bugʻisi izidan shimol tomonga koʻchishi natijasida paydo boʻladi. fosna madaniyati Norvegiyaning gʻarbiy qirgʻoq boʻyi hududida tarqalgan. Ushbu madaniyatning fosna nomi bilan atalishi shahri nomi bilan bogʻliq. Finlandiyaning soʻngi mezolit davri madaniyatlar arxeologiya fanida suomusyarvi nomi bilan maʼlumdir. Ushbu madaniyatga tegishli yodgorliklar Finlandiyaning janubiy qismida topib oʻrganilgan. Ushbu madaniyat karelil hududida ham keng tarqalgan. Bu madaniyatning soʻngi bosqichi neolit davriga xos boʻlsada, aholisi sopol buyumlar bilan tanish boʻlishmagan. Bu madaniyatning kelib chiqishi borasida ham bir nechta nuqtai nazarlar mavjud. Birinchi nuqtai nazarga ikoʻra Finlandiya koʻrfazining janubiy qirgʻoqlari hududlaridan uoʻchib aholi bilan bogʻlansa, ikkinchi nuqtai nazarga koʻra esa askola madaniyatining soʻngi bosqichi bilan belgilanadi. Yevropaning eng qadimgi madaniyatlaridan biri bu maglemoze madaniyatidir. Maglemoze deb nomlanishi esa Zelandiyadagi Muleruxa shahri nomi bilan bogʻliq. Bu yerda 1900 yilda oʻtkazilgan qazishmalar jarayonida qadimgi qishloq izlari topib oʻrganilgan. Ushbu madaniyat Angliyadan Boltiqboʻyigacha, janubiy Norvegiyadan Pikardiyagacha bshlgan hududlarda keng tarqalgan. Ushbu madaniyatlarining eng asosiy yodgorliklari Zerlandiya oroli joylashgan xolmgard va Sverdborg; Angliyadagi — Broksbern; Killing — xit; Nyubyuri; Germaniyadagi — Kalbe; Dyubbertin; Dyukenzee; Shvesariyadagi — Istabi; Omossen; Sandarna yodgorliklarihisoblanadi. Skandinaviya hududida maslemize madaniyati oʻrniga Konimoze madaniyati keladi. Azil yodgorligi Ispaniyaning shimoli va Fransiyaning janubidagi Solyutre� davri madaniyati hisoblanadi. Ushbu madaniyatga oid yodgorliklar Fransiya Pireniyasi hududlaridan topilgan. Azil madaniyatini Yevropaning boshqa ilk mezolit davri yodgorliklari Tyongersk vap Svidersk madaniyatlari bilan bir vaqtda mavjud boʻlgan.

Adabiyotlar Roʻyxati ARXEOLOGIYA. Z. M. Qodirov. T. 2021.y.

Manbalar