Muhammad Quddus (2000-yil 2-avgustda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Eredivizionning „Ayaks“ klubi va Gana milliy jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Nordsjælland Quddus 2018-yilning yanvar oyida ikki jamoadoshi Ibrohim Sodiq va Gideon Mensa bilan birga 10 yoshida Gananing „Dream to Dream“ akademiyasidan Daniyaning Nordsjælland klubi safiga borib qoʻshildiU17-landsholdsspillere på vej, sn.dk, 10 December 2017.

Quddus Nordsjælland safidagi rasmiy debyutini 18 yoshga toʻlganidan atigi uch kun oʻtib, Brøndby IF klubiga qarshi (0:2) oʻyinda amalga oshirdi. U birinchi daqiqalardan hujumchi sifatida oʻynadi, ammo tanaffusda almashtirildi. Oʻzining debyuti bilan u klub tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchilar orasida toʻqqizinchi boʻldi.

Ayaks 2020-yilning 16-iyulida, Quddus Eredivizionning „Ayaks“ klubi bilan 9 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi rasmiy debyutini 20-sentabr kuni „RKC Waalwijk“ jamoasiga qarshi liga oʻyinida oʻtkazdi. Keyinroq bosh murabbiy Erik ten Xag Quddusni „ajoyib salohiyatga ega“ futbolchi deb atadi. U kuchli oʻyinlar namoyish qilishda davom etdi, dastlabki uchta oʻyinda bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi debyuti 2020-yil 21-oktabr kuni "Liverpul" klubiga qarshi uy uchrashuvida sodir boʻldi, ammo bu oʻyin u uchun omadsiz yakunlandi. Kudus jarohat olgani uchun tezda almashtirildi va bir necha oy davomida maydonda koʻrinish bermadi.

2022-yil 7-sentabrda, Quddus Chempionlar ligasidagi ilk golini "Reynjers" klubiga qarshi o‘yinda (4:0) kiritdi.

Xalqaro faoliyati 2019-yildan beri u Gana terma jamoasi tarkibida oʻz oʻrniga ega boʻlib, bir nechta gollarda ishtirok etdi. Uning yorqin oʻyini 2022-yilgi Jahon chempionati doirasida Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda sodir boʻldi va u 2 ta gol urdi va uning jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti Quddus etnik hausa va musulmon hisoblanadi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

+Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami Divizyonlar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Nordsjælland 2018-19 Daniya Superligasi 26 3 2 0 2 0 - 30 3 2019-20 Daniya Superligasi 25 11 2 0 - - 27 11 Jami 51 14 4 0 2 0 - 57 14 Ayaks 2020-21 Eredivizion 17 4 1 0 4 0 - 22 4 2021-22 Eredivizion 16 1 2 0 2 0 0 0 20 1 2022-23 Eredivizion 14 5 0 0 6 4 1 1 21 10 Jami 47 10 3 0 12 4 1 1 63 15 Umumiy statistikasi 98 24 7 0 14 4 1 1 120 29

Xalqaro

Ballar va natijalar birinchi navbatda Gananing gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Quddus golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.

+Muhammad Quddus tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 14- noyabr Cape Coast Sports Stadium, Cape Coast, Gana 2-0 2-0 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 2 2021-yil 25- mart FNB stadioni, Yoxannesburg, Janubiy Afrika 1-0 1-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 3 2021-yil 9- oktyabr Cape Coast Sports Stadium, Cape Coast, Gana 1-0 3-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2022-yil 1- iyun Cape Coast Sports Stadium, Cape Coast, Gana 1-0 3-0 2023 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 5 2022-yil 5-iyun Estádio 11 de Novembro, Luanda, Angola 1-0 1-1 2023 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 6 2022-yil 28-noyabr Education City Stadium, Al-Rayyan, Qatar 2-0 3-2 2022 FIFA Jahon chempionati 7 3-2

Yutuqlari Ajax

Eredivizion: 2020-21, 2021-22 KNVB kubogi: 2020-21

Shaxsiy

Erediviziyada oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2021-yil may SWAG yilning eng yaxshi xorijiy futbolchisi: 2021 IFFHS CAF yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi: 2020

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:FC Nordsjælland futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari