Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Niva tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharchada 14017 ta xonadonda 34144 nafar aholi istiqomat qiladiFuso Town official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 3051 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 11,19 kvadrat kilometr (4,32 mi²) ga teng

Geografiyasi Fusō Gifu prefekturasi bilan chegaradosh, Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shahar hududidan Kiso va Gojo daryosi oqib oʻtadi. left|thumb|Fusō shaharchasidagi aholining oʻsish koʻrsatkichlari Qoʻshni munitsipalitetlar Aichi prefekturasi

Inuyama Kōnan Ōguchi

Gifu prefekturasi

Kakamigahara

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraFuso population statistics, Fuso aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish (Köppen iqlim tasnifi Cfa) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Fusōda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1872 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,1 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,0 °C atrofida boʻladiFuso climate data.

Tarixi Fusō hududi asosan Edo davrida Tokugava syogunati hukmronligida Ovari domenining bir qismi boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, 1872-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Niva tumani hududida Yamana va Toyokuni qishloqlari tashkil etildi. Fusō qishlogʻi 1906-yil 1-oktyabrda Yamana va Toyokuni qoʻshni Takao va Kashivamorining bir qismi bilan birlashishi orqali tashkil etilgan. Fusō 1952-yil 1-avgustda shaharcha maqomiga koʻtarildi.

Iqtisodiyoti Hozirgi davrga qadar bu hududda ipakchilik va tut bargi yetishtirish rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi, xususan daikon turpini yetishtirish mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi hisoblanadi.

Taʼlim tizimi Fusōda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.

Transport

Temir yoʻl 20x20pxMeitetsu — Inuyama liniyasi

Kashivamori — Fusō — Kotsuyōsui

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 41 Galereya

Manbalar

Havolalar

Fusō rasmiy veb-sayti

Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Fusō (Aichi)