Im Soo-jung (1979-yil 11-iyulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa. Im jurnallarda model sifatida suratga tushganidan soʻng, Kim Ji Vunning „A Tale of Two Sisters“ (2003) dahshatli filmida, keyin esa „I’m Sorry, I Love You“ (2004) televideniye dramasida oʻzining aktyorlik yutugʻini qoʻlga kiritgan. O‘shandan buyon u ko‘plab filmlarda suratga tushgan, xususan, rejissyor Park Chan-wookning „I’m a Cyborg, But Thatʼs OK“ (2006), Xur Jin Xoning „Happiness“ (2007), Li Yun Kining „ Come Rain, Come Shine“ (2011) filmlarida rol ijro etgan. Im Min Kyu-donning „All About My Wife“ filmi uchun „33rd Blue Dragon Film Awards“ mukofotlarida „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.

Faoliyati Im Soo-jung 1998-yilda oʻsmirlar jurnallari muqovasida model sifatida suratga tushgan. Keyin aktyorlik sanʼatiga oʻtgan va oʻsmirlar uchun moʻljallangan „School 4“ dramasida debyut qilgan. Bir yil oʻtgach, KBS2 telekanalida efirga uzatiluvchi mashhur drama boʻlgan „I’m Sorry, I Love You“ seriali uni kini yulduziga aylantirgan.

Soʻnggi yillarda u koʻproq katta yoshdagi ayollar rolini oʻynash orqali kichkina qizaloq obrazni yoʻqota boshladiLee, Ji-hye (4 March 2011). . Im katta yoshli obrazlarni ijro etgan filmlari orasida rejissyor Hur Jin-honing „Happiness“ romantik melodramasiLee, Hyo-won (2 October 2007). „Lim Soo-jung Grows Up in New Tearjerker“. , Choi Dong-hoonning "Jeon Woo-chi: The Taoist Wizard, " blockbusteri kiradi.

Im ilgari SidusHQ agentligining bir qismi boʻlgan, ammo KeyEast kompaniyasi aʼzosiga aylangan. KeyEast oʻzining rasmiy veb-saytini 2012-yil iyun oyida ishga tushirgan. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, bu onlayn maydon oʻz muxlislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatlashadigan joydirHong, Lucia (12 June 2012). Sunwoo, Carla (14 June 2012). .

2015-yilda Im „Perfect Proposal“ filmida rol ijro etgan, film qisman Makaoda suratga olingan Britaniyaning „Woman of Straw“ nomli kriminal trillerining qayta talqini hisoblanadi.

Imning 2015-yil oktyabr oyida KeyEast bilan shartnomasi tugagan va u yangi boshqaruv agentligi YNK Entertainment bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan.

Im 2021-yilda aktyor Lee Do-hyun bilan sheriklikda tvN telekanalida efirga uzatiluvchi „Melancholia“ dramasida suratga tushgan.

Filmografiyasi

Filmlari YilNomiRol2002The Romantic PresidentHan Young-hee2003A Tale of Two SistersBae Su-mi…ingKang Min-ah2005Sad MovieAhn Soo-jung2006Lump SugarKim Shi-eunI’m a Cyborg, But Thatʼs OKCha Young-goon2007HappinessEun-hee2009Jeon Woo-chi: The Taoist WizardSeo In-kyung2010Finding Mr. DestinySeo Ji-woo2011Come Rain, Come ShineYoung-shin2012All About My WifeYeon Jung-in2015Perfect ProposalJi-yeon2016Time RenegadeYoon-jung (1983) / So-eun (2015)2017The TableHye-gyeong2018MothersHyo-jin2019Our CatHikoyachi

Teleserial YilNomiRolTelekanal2001-2002School 4Oh Hye-raKBS22004I’m Sorry, I Love YouSong Eun-chae2017Chicago TypewriterJeon SeoltvN2019Search: WWWBae Ta-mi2021MelancholiaJi Yoon-soo

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar