Denis Alekseyevich Petrov (; 1968-yil 3-martda tugʻilgan) — SSR va Rossiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Rafiqasi va sportdagi sherigi Yelena Bechke bilan bilan juftlikda 1992-yilda Albertvilleda oʻtkazilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindori boʻlgan.

Faoliyati Denis Petrov 1987-yilda Yelena Bechke bilan juftlikda afsonaviy murabbiy Tamara Moskvina qoʻl ostida mashq qila boshladilar. Ularning birinchi yirik muvaffaqiyati Trophée Lalique turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganida yuz bergan. Juftlik 1989-yilgi Jahon chempionatida bronza, 1991 va 1992-yilgi Yevropa chempionatlarida va 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Olimpiadadan soʻng juftlik havaskor sifatidagi sport faoliyatini tark etib, professional sportga oʻtgan. Ular toʻrt marta professionallar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va faqat 1996-yilda gʻalaba qozondi. Bundan tashqari, Bechke va Petrov juftligi „Stars on Ice“ shousi tufayli Amerika Qoʻshma Shtatlarida (1994-yildan 2000-yilgacha) gastrol safarlarida boʻlishgan.

Bechke va Petrov ajrashgandan soʻng sport juftligi sifatidagi faoliyatini davom ettirdilar va birgalikda Virjiniyada figurali uchuvchilarni mashq qildirdilar.

Shaxsiy hayoti Petrov 1968-yil 3-martda Leningradda, (Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi) tugʻilgan. U 1988-yilda Yelena Bechke bilan uchrashishni boshlagan va ikkalasi 1990-yilda turmush qurgan, ammo keyinchalik ajrashishgan.

Petrov 2005-yil 8-iyulda xitoylik figurali uchuvchi Chen Luga uylangan, u bilan 1998 — 1999-yillarda „Stars on Ice“ shousida tanishgan. Ular Xitoyning Shenchjen shahriga koʻchib oʻtishdan oldin Gonkongda yashagan. Oilaning oʻgʻli Nikita 2006-yil 27-iyunda va qizi Anastasiya 2009-yil 8-iyulda Shenchjenda dunyoga kelgan.

Dasturlari (Bechke bilan) MavsumQisqa dasturErkin dastur1991-1992 Milord Grand Pas de Deux 1990-1991 Money, Money, Money 1989-1990 The Dialogue of Cats 8½ 1988-1989 8½ Natijalari (Bechke bilan) Musobaqa 1988 1989 1990 1991 1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 Qishki Olimpiya oʻyinlari 2 Figurali uchish boʻyicha jahon chempionati 3 4 4 Yevropa chempionati 2 2 SSSR chempionati 4 1 Trophee Lalique 1 1 3 NHK Trophy 2 1 Yaxshi niyat oʻyinlari 3 Professional jahon chempionati 2 2 2 2 1 2

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar