Oleg Alekseyevich Protopopov (; 1932-yil 16-iyulda tugʻilgan) — Sovet Ittifoqi vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Rafiqasi va Sportdagi sherigi Lyudmila Belousova bilan birga ikki karra Olimpiya chempioni (1964, 1968) va toʻrt karra jahon chempioni (1965-1968) boʻlgan. Er-xotin 1979-yilda Shveysariyaga koʻchib ketgan va 1995-yilda Shveysariya fuqaroligini olgan. Ular yetmish yoshida ham muz shoulari va koʻrsatuvlarida ishtirok etganlar.
Shaxsiy hayoti Protopopovni professional balet artisti boʻlgan onasi va shoir boʻlgan oʻgay otasi tarbiyalagan. Protopov Herzen universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. Turkum:BBC Sports Personality World Sports Star of the Year gʻoliblari Faoliytati left|thumb| Belousova va Protopopov 1966-yil 1954-yilning bahorida Oleg Protopopov Belousova bilan uchrashgan. Belousova 1955-yilda Leningradga koʻchib oʻtgan va Protopopov u bilan 1956-yilda juftlik hosil qilgan. Bu juftlik VSS Lokomotiv sport klubida mashgʻulot oʻtkazgan va SSSR vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashgan.
Ularga dastlab Igor Moskvin, keyin esa Pyotr Orlov murabbiylik qilgan. Ushbu juftlik Moskva viloyatining Voskresensk shahridagi muz maydonida murabbiysiz mashgʻulot oʻtkazishgan. Juftlik oʻzlarining texnik darajasini oshirish maqsadida 1961-yilda murabbiy Stanislav Juk bilan ishlashga qaror qilishgan. thumb| Belousova va Protopopov 1968-yil|241x241px Belousova va Protopopov juftligi 1958-yilda Jahon chempionatida debyut qilib, 13-oʻrinni egallagan. Ular ikki yil oʻtib birinchi oʻzlarining ilk Olimpiadasida qatnashib, toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan. 1962-yilda ilk bora Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. Juftlik 1908-yilgi Jahon chempionatida juftlikda konkida uchish intizomi joriy etilgandan soʻng Sovet Ittifoqi yoki Rossiya vakili sifatida jahon medalini qoʻlga kiritgan birinchi juftlik boʻlgan. Ular keyinchalik 1962-yilda Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritib, Nina Juk va Stanislav Juk juftligidan kegin (1958, 1959 va 1960 yillarda) kumush medalni qoʻlga kiritgan ikkinchi sovet juftligiga aylanishgan.
Natijalari Musobaqa 1954-55 1955-56 1956-57 1957-58 1958-59 1959-60 1960-61 1961-62 1962-63 1963-64 Qishki Olimpiya oʻyinlari 91 Jahon chempionatlari 13 8 2 2 2 Yevropa chempionati 10 7 4 2 2 2 Sovet chempionati 3 4 2 2 2 2 1 1 1 Musobaqa 1964-65 1965-66 1966-67 1967-68 yillar 1968-69 1969-70 1970-71 1971-72 1972-73 Qishki Olimpiya oʻyinlari 1 Jahon chempionatlari 1 1 1 1 3 Yevropa chempionati 1 1 1 1 2 Sovet chempionati 1 1 1 2 4 6 3
Manbalar
Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar