Abu Muhammad Iso ibn Muso al-Gʻuljoriy — (?—803) — buxorolik olim va muhaddis. Hazrat Abu Muhammad Iso ibn Muso al G‘unjoriy — olim, muhaddis, fozil, obid, sodiq boʻlgan. U Buxoroda tavallud topgan. Abu Muhammad Iso ibn Muso al-Gʻuljoriy Iroq, Hijoz, Misr kabi mamlakatlarda tahsil olgan. al-G‘unjoriyning ustozi Imom Molik ibn Anas (713—795) va boshqa bir qator ulug‘ zotlar hisoblanadi. Uni „G‘unjoriy“ deb atalishining sababi shu ekanki, ikki yuzlari doimo qip-qizil bo‘lgan. Yaʼni chehlaridan nur yogʻilgan. Iziddin Ali ibn Asir al Jaziriyning (1160—1234) „Al lubob fitahzib al ansob“ (Nasl-nasablarini aniqlash) asarida Iso ibn Muso al G‘unjoriyning fazilatlari, hadis jamlash yo‘lidagi ibratli harakatlari, u kishidan taʼlim olgan olimlar nomi keltirilgan. Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida shunday yozadi: „G‘unjor deb mashhur bo‘lgan rahmatli Iso ibn Muso Tayminiyga qozilik mansabini taklif qiladilar, u qabul etmadi. Sulton unga, agar qozilik qilmasang biror kishini tanlagin, biz o‘shanga qozilik mansabini beraylik degan edi. Buni ham qabul qilmadi. Sulton qozilikka loyiq kishilar nomini uning oldida bir-bir aytinglar deb buyuradi. Xuddi shunday qildilar, ammo kimning nomini aytsalar, u „loyiq emas“ deyaverdi va nihoyat Hasan ibn Usmon Hamadoniy nomini tilga olganlarida u sukut etdi. Uning sukuti roziligidir dedilar-de, qozilikni Hasan ibn Usmon Hamadoniyga berdilar. Buning zamonida Xuroson shaharlarida ilm va taqvoda unga tenglashadigan hech bir kishini ko‘rsata olmaganlar“. Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy Iso ibn Musoni halollik, poklik, rostgo‘ylikda o‘z zamonasining yagonasi bo‘lgan deb taʼrif bergan. Abu Muhammad G‘unjoriy Saraxs shahrida milodiy 803-yil vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Muhaddislar Turkum:Hadisshunoslar Turkum:Faylasuflar