Brandon Buck () (1988-yil 16-avgustda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Brandon Buck hozirda nafaqada. Brandon Buck yaqinda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.

Oʻyin faoliyati Brandon Buck Ontario xokkey ligasining vakili „Guelph Storm“ xokkey jamoasi tarkibida xokkey oʻynab boshlagan.

2011-yil 14-iyun kuni Brandon Buck Shimoliy Amerikani tark etdi va Norvegiyanig GET-ligaenni jamoasi „Sparta Warriors“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolab, Yevropada karyerasini davom ettirdi. Brandon Buck bundan oldin „Norfolk Admirals“ va „Houston Aeros“ xokkey klublari safida Amerika xokkey ligasida oʻynagan edi.

2012-yil 6-iyul kuni Brandon Buck erkin agent sifatida Xorvatiyaning „KHL Medveščak Zagreb“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsumda Brandon Buck Avstriya xokkey ligasida soʻnggi mavsumida ishtirok etdi. 2013-yil 19-aprelda Avstriyadagi mavsum yakunida Brandon Buck va uning jamoadoshi „KHL Medveščak Zagreb“ klubi aʼzosi Kyle Greentree bilan birga „EHC Basel“ xokkey klubiga (Shveysariya milliy B ligasi) o‘tdi.

2014-yil 18-iyulda Brandon Buck „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014—2015-yilgi mavsumda Brandon Buck klub safida 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 59 ochko toʻpladi. Brandon Buckning hujumkor oʻyinlari soni va klub uchun ahamiyati ortib borgani uchun u klub safida 2020-yilgacha qoladigan boʻldi. Lekin Brandon Buck 2017-yil dekabr oyida Shveysariya Milliy ligasining „HC Davos“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2018-yil fevral oyida Brandon Buck „HC Davos“ xokkey klubi bilan xayrlashdi va Avstriya xokkey ligasining (EBEL) „Vienna Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yil 22-aprelda Brandon Buck DEL vakili „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2006—2007Guelph StormOHL67391252300022007—2008Guelph StormOHL592931604010538112008—2009Guelph StormOHL6624406430432502008—2009Norfolk AdmiralsAHL61124—————2009—2010Florida EverbladesECHL4718213922922442009—2010Houston AerosAHL210334—————2010—2011Houston AerosAHL56313168—————2011—2012Sparta WarriorsGET4516264226733622012—2013KHL Medvescak ZagrebEBEL5424295336414502013—2014EHC BaselNLB3815334832441542014—2015ERC IngolstadtDEL5128315961810102082015—2016ERC IngolstadtDEL4120284826—————2016—2017ERC IngolstadtDEL4513314430211262017—2018ERC IngolstadtDEL26761310—————2017—2018HC DavosNL112134—————2017—2018Vienna CapitalsEBEL6213611246142018—2019Thomas Sabo Ice TigersDEL4416132914803342019—2020Thomas Sabo Ice TigersDEL5119183734—————AHL jami834172116—————

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari