left|thumb|200x200px|Shinshiro shahrining markazi Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharda 17691 ta xonadonda 44581 nafar aholi istiqomat qiladiShinshiro City official statistics , aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 89,3 nafar kishi. Shaharning umumiy maydoni 499,23 kvadrat kilometr (192,75 mi²) ga teng.
Geografiyasi Shinshiro Aichi prefekturasining sharqiy-markaziy qismida joylashgan. Shahar hududining shimoliy va sharqiy qismining katta maydoni togʻlar va oʻrmonlar bilan qoplangan hamda aksariyat maydoni Aichi Kogen kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Shinshiroda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraShinshiro population statistics, Shinshiro aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida tez sur’atlarda pasayishni boshlagan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Toyohashi Okazaki Toyokava Toyota Kitashitara tumani, Toei Kitashitara tumani, Shitara
Shizuoka prefekturasi
Hamamatsu (Kita-ku, Tenryu-ku)
Tarixi thumb|200x200px| 1575-yil Nagashino jangi
Oʻrta yillar Hozirgi Shinshiro hududi Sengoku davrida Matsudaira va Tokugava urugʻining oʻtmishdoshlari boʻlgan Okudaira urugʻi hududlarining bir qismi boʻlgan. Ularning qal’asi, hozirgi Shinshironing shimoliy qismidagi Nagashino qal’asida Oda Nobunaga va Takeda urugʻi kuchlari oʻrtasidagi Nagashino jangi boʻlib oʻtgan. Takeda Shingen Noda qamalida yaralangan, Noda qal’asi ham Shinshiro chegaralarida joylashgan edi.
Ilk zamonaviy davr Edo davrida hududning katta qismi toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugava syogunati tomonidan Hatamoto maʼmurlari orqali boshqariladigan Tenryo hududi boʻlgan.
Keyingi zamonaviy davr Meidzi davri boshlangandan soʻng, Minamishitara okrugidagi Shinshiro shahri 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan eʼlon qilindi.
Zamonaviy tarixi 1955—1956-yillarda qoʻshni qishloqlarning qoʻshib olinishi natijasida shahar hududi kengaydi. Shinshiro shahri 1958-yil 1-noyabrda eʼlon qilinadi.
2005-yil 1-oktyabrda Horai shahri va Tsukude qishlogʻi (ikkalasi Minamishitara tumanidan) Shinshiroga birlashtirildi. Shinshiro shahri endi butun sobiq Minamishitara okrugini qamrab oldi.
Hukumat thumb|200x200px| Shinshiro shahar hokimiyati Shinshiro toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish imkoni mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotning birlamchi sektori
Qishloq xoʻjaligi Shinshiro mintaqaviy savdo markazi boʻlib, iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, ayniqsa tovuq yetishtirish va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.
Taʼlim tizimi
Universitet
Aichi Shinshiro Otani universiteti
Mazkur oʻquv muassasasi hozir yopilgan.
Maktablar Shinshiroda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 13 ta davlat boshlangʻich maktabi va oltita davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori sinf maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.
Transporti
Temir yoʻllar
Anʼanaviy yoʻllar
20x20px Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi
Iida liniyasi :- Nodajō — Shinshiro — Higashi-Shimmachi — Chausuyama — Mikava-Tōgō — Ōmi — Torii — Nagashinojō — Hon-Nagashino — Mikava-Ōno — Yuya-Onsen — Mikava-Makihara Mikava-Kavai Kakidaira — Ikeba -
Yoʻllar
Tezkor yoʻllar
link=|alt=E1|24x24px Tomei ekspress yoʻli link=|alt=E1A|24x24px Yangi Tomei ekspress yoʻli
Yaponiya milliy marshruti
Milliy yoʻnalish 151 Milliy yoʻnalish 257 Milliy yoʻnalish 301 Milliy yoʻnalish 420
Tashqi aloqalar
Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
Xalqaro
Neuchâtel, Shveysariya New Castle, Pensilvaniya, AQSH (1998-yil 12-noyabrdan beri) Newcastle, Angliya
Milliy
Taketoyo(Aichi prefekturasi, Chūbu viloyati) 1984-yildan buyon
Jahon Yangi Qal’a sammiti Shinshiro 1998-yilda „Yangi qal’a“ deb nomlangan dunyo shaharlari sammitining bir qismi boʻlgan. Neuburg an der Donau, Germaniya Neuchâtel, Shveysariya Neufchâteau, Vosges, Fransiya New Castle, Delaver, Amerika Qoʻshma Shtatlari New Castle, Indiana, Amerika Qoʻshma Shtatlari New Castle, Pennsylvania, Amerika Qoʻshma Shtatlari Newcastle-under-Lyme, Angliya Newcastle, Angliya Newcastle, KvaZulu-Natal, Janubiy Afrika
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Nagashino qal’asi joylashgan joy Noda qal’asi Horayji togʻi Horaisan Toshho-gu ziyoratgohi Sakurabuchi bogʻi Yuya Onsen Atera Seven sharsharasi Narusava sharsharasi Yotsuyaning ming guruch maydonlari (Yotsuya Senmaida) Fuka-ji
Galereya
Shinshironing taniqli odamlari
Akihiro Ota, siyosatchi
Manbalar
Havolalar
Shinshiro City official website
Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Shinshiro (Aichi)