Sofya Antonovna Polishchuk (; 2001-yil 21-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Aleksandr Vaxnov bilan birga 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va 2017-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasining chempioni boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Sofya Antonovna Polishchuk 2001-yil 21-fevralda Moskva shahrida tugʻilgan.

Faoliyati Sofya 2005-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2009 — 2010-yilgi mavsum oldidan Aleksandr Vaxnov bilan juftlik hosil qilgan.

Polishchuk / Vaxnov juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan va 2010 NRW Trophy musobaqasida ishtirok etib, yangi konkida uchuvchilar toifasida gʻolib chiqqan. Juftlik 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk xalqaro musobaqasida, oʻsmirlar toifasida debyut qilgan; 2014-yilgi Ice Star turniri va 2014 NRW Trophy musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2015 — 2016-yilgi mavsum Polishchuk / Vaxnov juftligi 2015 — 2016-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) turnirida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Juftlik sentyabr oyi boshida AQShning Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan JGP musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan uch hafta oʻtgach, Polshaning Torun shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqchida beshinchi oʻrindan joy olgan.

Juftlik 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

2016 — 2017-yilgi mavsum Polishchuk / Vaxnov juftligi avgust oyida Fransiyaning Saint-Gervais-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi JGP seriyasida ishtirok etib, bronza, keyin esa sentyabrda Sloveniyaning Lyublyana shahrida oʻtkazilgan huddi shu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari

Vaxnov bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2017 — 2018 Chilly Cha Cha Hip Hip Chin Chin Black Swan 2016 — 2017 Your Heart Is As Black As Night That Man Romeo & Juliet 2015 — 2016 Les feuilles mortes Ascolat La Voce 2014 — 2015 Set Fire to the Rain One Day

Natijalari JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Vaxnov bilan Xalqaro: Oʻsmirlar Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 finali 3 Avstraliya 1 Fransiya 3 Italiya 2 Polsha 5 Sloveniya 2 Amerika Qoʻshma Shtatlari 3 Ice Star 3 NRW Trophy 3 Open d’Andorra 1 1 1 Xalqaro Bavarian Open 2-n 1-N Ice Challenge 1-N NRW Trophy 1-B 3-n 1-N Milliy Rossiya chempionati9 10 6 4 4 Darajalar: B = Boshlangʻich daraja; N = yangi konkida uchuvchilar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar