Natalia Kaliszek (talaffuzi: Natalya Kalishek; 1996-yil 17-mayda tugʻilgan) — Polsha vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Maksim Spodiriyev bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida medallarni qoʻlga kiritgan, shu jumladan 2017 CS Tallinn Trophy musobaqasida oltin medal sohibi boʻlgan va sakkiz marta Polshaning milliy chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Juftlik Polsha vakili sifatida 2018 va 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida, shuningdek, Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Juftlik oʻsmirlar darajasida 2015-yilgi Oʻsmirlar Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirishgan.

Shaxsiy hayoti Natalia Kaliszek 1996-yil 17-mayda Polshaning Torun shahrida tugʻilgan. Uning Michał ismli ukasi va Anna ismli singlisi bor, ikkalasi ham figurali uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan.

Faoliyati

2014 — 2015-yilgi mavsum Natalia Polsha vakili sifatida Silviya Novak-Trębacka murabbiyligida mashgʻulot oʻtab yurgan paytlarida Spodyriyev bilan juftlikda musobaqalarda qatnasha boshlagan. Juftlik oʻzining xalqaro debyutini Volvo Open Cup musobasida oʻtkazgan va oʻsmirlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kattalar darajasiga koʻtarilib, Santa Claus Cup musobaqasinda oltin medalni qoʻlga kritishdan oldin Challenger Series (CS) turnirida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yilning dekabr oyida Four Nationals musobaqasida Polsha milliy chempionligini qoʻlga kiritgan va keyingi oy boʻlib oʻtgan Toruń Cup turnirida bronza medali bilan taqdirlangan.

2015 — 2016-yilgi mavsum Kaliszek / Spodyriyev juftligi 2015 — 2016-yillarda oʻtkazilgan Challenger seriyasining uchta musobaqasida qatnashgan. Birinchi Nebelhorn Trophy musobaqasida yettinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Mordovian Ornament turnirida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik Warsaw Cup musobaqasida ham qatnashib, kumush medal bilan taqdirlangan. Juftlik Challenger seriyasining umumiy reytingida uchinchi oʻrinni egallagan.

2020 — 2021-yilgi mavsum Kaliszek / Spodyriyev juftligi Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishdan oldin yana toʻrtta milliy chempionatda gʻolib chiqqan va Jahon chempionatida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan. Bu natija juftlikka Polsha vakili sifatida 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanma bergan.

Juftlik 2022-yil 16-iyul kuni musobaqalarni tark etishlarini eʼlon qilishgan.

Dasturlari

Spodyriyev bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2021 — 2022 Quick Musical Doodles Glory Heart Cry Natural 2020 — 2021 Everybody Say Yeah Everybody Say Yeah Heart Cry Natural 2019 — 2020 Everybody Say Yeah Everybody Say Yeah (I’ve Had) The Time of My Life Do You Love Me

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Spodyriyev bilan Polsha vakili sifatida XalqaroMusobaqa14 — 1515 — 1616 — 1717 — 1818 — 1919 — 2020 — 2121 — 22Olimpiada1417Jahon chempionatlari2416141711C12WDYevropa chempionati14118105914 Cup of China5 NHK Trophy7 Rostelecom54WD Skate America68 Skate Canada9 Cup of AustriaWD Finlandia510 Golden Spin2 Ice Star2 Mordovian3 Nebelhorn78 Nepela4 Tallinn Trophy13 Warsaw Cup62WDWDBosphorus Cup1Open d’Andorra2Santa Claus Cup13Shanghai Trophy3Toruń Cup311121Warsaw Cup2Xalqaro: OʻsmirlarJahon chempionatlari7Volvo Open Cup2MilliyPolsha chempionati11111111Four Nationals22111111 WD = musobaqani tark etgan; C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polshalik figurali uchuvchilar Turkum:Figurali uchuvchilar