Lasse Schöne (; 1986-yil 27-mayda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Erediviziya klubi NEC va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

De Graafschap Glostrup shahrida tugʻilgan Schöne ilk faoliyatini Himmelev-Veddelev BK bilan boshlagan va keyin esa Lyngbyga oʻtgan. 2002-yilda Erediviziya klubining Heerenven yoshlar jamoasiga oʻtdi. Jamoa bilan toʻrt yil davomida birorta liga oʻyinlarida oʻynamadi, keyin 2006-yilda Eerste Divisie klubi De Graafschapga oʻtdi. De Graafchap bilan oʻtkazgan ikki mavsumida 70 ta oʻyinda 12 ta gol urdi.

NEC Schöne NEC bilan 2008-yilning yozida shartnoma imzoladi. 2008-yilning dekabr oyida Moskvaning Spartak klubiga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi va bu jamoani UEFA kubogining keyingi bosqichiga olib chiqdi. Klub va muxlislar uni NEC yilning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida tanladilar.

Ajax 2012-yilning 18-aprelida Schöne 2015-yilgacha amal qiladigan shartnoma asosida Ajaxga o‘tdi. 2015-yilning 2-martida 2017-yilning yoziga qadar, 2017-yilning 22-fevralida esa 2019-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Genoa 2019-yilning 9-avgustida Schöne ikki yillik shartnoma asosida A Seriyaning Genoa klubiga o‘tdi. Xabar qilinishicha, toʻlov 1,5 million yevroni tashkil qilgan. Milanga qarshi gʻalabali oʻyinda (2:1) debyut golini kiritdi. Ammo, oʻsha uchrashuvning 90-daqiqasidagi penaltini amalga oshira olmadi.

Heerenven 2021-yilning 11-fevralida Schöne SC Heerenven bilan olti oylik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

NECga qaytish 2021-yil 9-iyun kuni Schöne NECga qaytib, 2023-yilning yoziga qadar amal qiladigan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Xalqaro faoliyati

Yoshlar Schöne xalqaro faoliyatini Daniyaning 16 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida boshlagan. 2001-yilning avgust oyida debyutida gol urgan. 2002-yilning iyulidan 2004-yilning martigacha 17 yoshgacha va 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar safida jami oʻnta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urgan. 2007-yilning mart oyida 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoada debyut qilgan. 2008-yilning oktyabrigacha jami toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urgan.

Professional 2009-yil 12-avgustda Daniya terma jamoasi safida Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va oʻyinning 47-daqiqasida gol urgan.

2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida tizzasidan olgan jarohati sabab maydonga tusha olmadi.

2018-yilda Daniya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoasiga kiritildi. Uchta oʻyinda maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

thumb|299x299px| Schöne 2015-yilning mart oyida Ajaxda +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaOtherJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarHeerenveen2005—2006Erediviziya0000--00De Graafschap2006—2007Eerste Diviziya36521--3862007—2008Erediviziya34723--3610Jami70124400007416NEC2008—2009Erediviziya3464471-45112009—2010Erediviziya5000--502010—2011Erediviziya34711--3582011—2012Erediviziya341142-214014Jami1072497712112533Ajax2012—2013Erediviziya3264170104472013—2014Erediviziya29953621041142014—2015Erediviziya29800831038112015—2016Erediviziya2442071003352016—2017Erediviziya27721141004392017—2018Erediviziya301020410036112018—2019Erediviziya30540172005172019—2020Erediviziya0000001010Jami2014919563104028764Jong Ajax2013—2014Eerste Diviziya10---10Genoa2019—2020Serie A32221--343Heerenveen2020—2021Erediviziya1110--21Jami faoliyati412883517701161523117

Xalqaro thumb|265x265px| Schöne 2012-yilda Daniya terma jamoasida

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Daniya 2009-yil 1 1 2010-yil 1 0 2011-yil 6 1 2012-yil 5 0 2013-yil 3 0 2014-yil 4 1 2015-yil 2 0 2016-yil 5 0 2017-yil 5 0 2018-yil 11 0 2019-yil 7 0 2020-yil 0 0 2021-yil 1 0 Jami 51 3 +Lasse Schöne tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2009-yil 12-avgust Brondby Stadion, Kopengagen, Daniya 1—1 1—2 Doʻstona 2 2011-yil 4-iyun Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya 0—1 0—2 UEFA Yevro-2012 saralashi H guruhi 3 2014-yil 22-may Nagyerdei Stadion, Debretsen, Vengriya 2—2 2—2 Doʻstona

Yutuqlari De Graafschap

Eerste divizioni: 2006—2007

Ajax

Erediviziya: 2012—2013, 2013—2014, 2018—2019 KNVB kubogi: 2018—2019 Johan Cruyff Shield: 2013, 2019 UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrin: 2016—2017

Individual

De Graafchap yilning eng yaxshi futbolchisi: 2007—2008 NEC-yilning eng yaxshi futbolchisi: 2008—2009 Ajaxning eng yaxshi futbolchisi (Rinus Michels mukofoti): 2013—2014 Erediviziyada yilning eng yaxshi jamoasi: 2013—2014, 2017—2018, 2018—2019

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari