Jens Stryger Larsen (; 1991-yil 21-fevralda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Superliganing Trabzonspor klubi va Daniya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Brøndby Stryger Larsen Brøndby IFdagi debyutini 2009-yilning noyabr oyida Nordsjællandga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2009—2010-yilgi mavsumning oxirida va 2010—2011-yilgi mavsumning boshidaasosiy tarkibda maydonlarga tushdi. 2010-yilning avgustida Daniya ommaviy axborot vositalari uni Daniyadagi eng buyuk isteʼdodlardan biri deb eʼlon qilishdi. 23-sentyabrda Daniyaning Tipsbladet futbol jurnali unga A Seriyaning Genoa klubidan qiziqish bildirganini xabar qildiBrøndby stjerneskud løfter øjenbryn i udlandet.

Nordsjælland FK 2013-yil 9-iyulda Stryger Larsen diviziondagi raqibi Nordsjælland klubiga tekinga qo‘shildi va uch yillik shartnoma imzoladi. Nordjællanddagi faoliyati davomida asosiy tarkibda oʻynagan. 2013—2014-yilgi mavsumda Superligada 30 ta oʻyin oʻtkazgan.

Austria Wien 2014-yilning 18-iyunida Stryger Larsen Avstriya Bundesliga jamoasi Austria Wien bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini 2014—2015-yilgi mavsumning birinchi kunida SV Grödigga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Udinese 2017-yilning 24-avgustida Stryger Larsen Italiya A seriyasining Udinese klubiga 4 yillik shartnoma asosida qo‘shildi. Birinchi golini 27-sentyabr kuni Romaga qarshi oʻyinda kiritdi.

2020-yil 19-yanvar kuni Stryger Larsen Milanga qarshi o‘yinda (3:2) gol urdi va assistentlik qildi.

Trabzonspor 2022-yil iyun oyida Stryger Larsen Turkiyaning Trabzonspor klubiga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati Stryger Larsen Daniya terma jamoasiga 2016-yilning avgust oyida Lixtenshteyn va Armanistonga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan. 2016-yilning 31-avgustida Lixtenshteynga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi.

2018-yil iyun oyida Daniya terma jamoasining 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBrøndby2009—2010Daniya Superligasi15000——1502010—20112021060—2722011—20122611020—2912012—201330341——344Jami9166180—1057Nordsjælland2013—2014Daniya Superligasi3024140—383Austria Wien2014—2015Avstriya Bundesligasi19120——2112015—201611120——1312016—201729020120—4302017—2018401030—80Jami63270150—852Udinese2017—2018Serie A30120——3212018—201936110——3712019—202033130——3612020—202133220——3522021—202211010——120Jami143590——1525Trabzonspor2022—2023Süper Lig130007011211Jami faoliyati340152623401140118

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Daniya 2016 2 1 2017 7 0 2018 11 0 2019 9 0 2020 2 0 2021 16 1 2022 2 1 Jami 49 3 +Jens Stryger Larsen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-yil 31-avgust Forum Horsens Arena, Horsens, Daniya 5—0 5—0 Doʻstona 2 2021-yil 28-mart MCH Arena, Herning, Daniya 4—0 8—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2022-yil 6-iyun Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya 2—1 2—1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A

Yutuqlari

Trabzonspor

Turkiya Superkubogi: 2022

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari