Daniel Wass (; 1989-yil 31-mayda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Daniya Superligasi klubi Brøndby va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi hamda himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Brøndby left|thumb| 2010-yilda Brondby bilan 2007—2008-yilgi mavsumda bosh murabbiy Tom Køhlert qoʻl ostida Daniya Superliga jamoasi Brøndbyda debyut qilgan.
Klub bilan keyingi mavsumda Superligada uchinchi oʻrinni egalladi.
Benfica va Évianga ijara 2011-yil 20-may kuni Wass Benfica bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Biroq, 2011-yil 22-iyulda Evian Thonon Gaillard FKga ijaraga berildi. Evianga qoʻshilganidan keyingi toʻrt oy ichida Wass Bernard Casoni murabbiyligi davrida asosiy tarkibdan joy ola olmadi. Keyin Évianga oʻtishni afzal koʻrdi. 2011-yil 15-oktyabrda AS Saint-Étiennega qarshi debyut o‘yinida (2:1) Yannick Sagboga assistentlik qildi. Bir necha hafta oʻtgach, Wass Lorient va Rennga qarshi oʻyinlarda ham gol urdi. Mavsumdagi uchinchi golini Toulousega qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi.
Évianga oʻtish 2012-yil 20-iyunda Wass Evian bilan 2,5 mln yevro evaziga doimiy asosida shartnoma imzoladi. 2012-yilning 12-avgustida Girondins de Bordeauxga qarshi mavsumning ochilish o‘yinida, Evianning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan o‘yinda Wass jarima zarbasini amalga oshirdi. Oldingi mavsumdagidek, Wass himoya va yarim himoyada pozitsiyalarda oʻynadi. 2013-yilning 26-yanvarida Wass „Ajaccio“ga qarshi o‘yinda (1:1) navbatdagi golni kiritdi.
Celta Vigo thumb| 2017-yilda Vigoning „Celta“ klubida 2015-yilning 22-iyunida Vas Celta Vigoga 4 yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi. Real Madridga qarshi oʻyinda (2:2) Wass bitta gol urib, bir golga assistentlik qildi.
Valensia 2018-yilning 10-iyulida Wass Valensiaga 4 yillik shartnoma asosida 6 million yevroga kelib qo‘shildi. Klubdagi debyutini 20-avgust kuni La Ligada Atlético Madridga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazdi. Klubdagi birinchi golini 2019-yilning 14-aprelida UEFA Yevropa ligasida Villarrealga qarshi safarda (3:1, g‘alaba) urdi.
Atlético Madrid 2022-yil 27-yanvarda Atlético Madrid Wass bilan 1 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 6-fevral kuni klubdagi debyutini oʻtkazdi, Camp Nouda „Barcelona“ga qarshi safarda (4:2) Šime Vrsaljko oʻrniga tanaffusda zaxiradan maydonga tushdi.
Brøndbyga qaytish 2022-yilning 12-avgustida Wass Brondbyga qaytdi. Ikki kundan soʻng Superligada OBga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Xalqaro faoliyati Wass Daniya terma jamoasidagi debyutini 2011-yil 9-fevralda Angliyaga qarshi o‘tkazdi.
2018-yilning may oyida Wass Daniya terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi. Biroq, yakuniy tarkibga kira olmadi.
Shaxsiy hayoti Wass Nicki Bille Nilsenning amakivachchasi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBrøndby2007—2008Daniya Superligasi130————1302008—2009Daniya Superligasi280——51—3312009—2010Daniya Superligasi122————1222010—2011Daniya Superligasi326——60—386Jami858000011100969Fredrikstad (ijara)2009Tippeligaen31————31Benfica2011—2012Primeira Liga00————00Évian (ijara)2011—2012Ligue 12941010——314Évian2012—2013Ligue 13425000——3922013—2014Ligue 13891032——42112014—2015Ligue 13282111——3510Jami104198143000011623Celta Vigo2015—2016La Liga36271———4332016—2017La Liga32382—142—5472017—2018La Liga35440———394Jami1039193001420013614Valencia2018—2019La Liga32180—101—5022019—2020La Liga35110—81104522020—2021La Liga35410———3642021—2022La Liga19120———211Jami121712000182101529Atlético Madrid2021—2022La Liga1000—00—10Brøndby2022—2023Daniya Superligasi3000—00—30Jami faoliyati43948404534351053860
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Daniya 2011-yil 4 0 2012-yil 5 0 2013-yil 1 0 2014-yil 1 0 2015-yil 3 0 2016-yil 2 0 2017-yil 0 0 2018-yil 0 0 2019-yil 4 0 2020-yil 6 0 2021-yil 15 1 2022-yil 3 0 Jami 44 1 +Daniel Wass tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 1-sentyabr Parken stadioni, Kopengagen, Daniya 1—0 2—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlari Valensiya
Qirol kubogi: 2018—2019
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari