Amer Gojak (; 1997-yil 13-fevralda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Nemzeti Bajnokság I klubi Ferencvárosi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Erta martaba Gojak mahalliy klubda futbol oʻynashni boshlagan. 2014-yil yanvar oyida Olimpikga oʻtgan. 1-mart kuni 17 yoshida Veležga qarshi oʻyinda professional debyut qildi. 15-mart kuni birinchi professional golini Rudar Prijedor darvozasiga kiritdi.
Dinamo Zagreb May oyida Gojak Xorvatiyaning Dinamo Zagreb klubiga nomaʼlum pul evaziga transfer qilindi. Jamoadagi rasmiy debyutini 2015-yil 3-mart kuni Xorvatiya kubogi o‘yinida Istra-1961da o‘tkazdi. Uch hafta oʻtgach, xuddi shu raqibga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 2016-yilning 14-may kuni „Dinamo Zagreb“ safida Lokomotiv qarshi birinchi golini kiritdi.
Gojak UEFA Chempionlar ligasida 14-sentyabr kuni safarda Lyonda debyut qildi.
2017-yilning mart oyida shartnomasini 2022-yil iyunigacha uzaytirdi.
29-aprelda Cibalia qarshi oʻyinda toʻrtta gol urdi.
Gojak 2019-yil 26-may kuni Zagrebning „Dinamo“ jamoasi safidagi 100-o‘yinini Hajduk Splitga qarshi o‘tkazdi.
13-iyul kuni Xorvatiya Superkubogida Rijekaga qarshi o‘yinda yagona gol kiritib, jamoasiga chempionlikni taʼminladi.
2020-yil oktyabr oyida Italiyaning Torino jamoasiga ijaraga berildi.
2022-yilning 15-may kuni Dinamo Zagreb tarkibida Shibenikga qarshi o‘yinda 200-uchrashuvini o‘tkazdi.
Xalqaro faoliyati Gojak Bosniya va Gertsegovinani barcha yoshlar darajasida himoya qilgan.
2017-yil mart oyida 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Gibraltarga va Albaniyaga qarshi o‘yin uchun ilk marta chaqiruv oldi.
2019-yil 5-sentyabr kuni Lixtenshteynga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash o‘yinida Gojak dubl qayd etdi, bu o‘zining xalqaro miqyosdagi ilk gollari edi.
Shaxsiy hayoti Gojak 2022-yil aprel oyida Irma bilan turmush qurdi.
Faoliyat statistikasi
Klub . +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubSeasonLeagueMilliy kubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarOlimpic2013—2014Bosniya Premyer-ligasi8210--922014—2015Bosniya Premyer-ligasi11220--132Jami19430--224Dinamo Zagreb2014—2015Xorvatiya birinchi ligasi1010--202015—2016Xorvatiya birinchi ligasi512000-712016—2017Xorvatiya birinchi ligasi2246030-3142017—2018Xorvatiya birinchi ligasi2214040-3012018—2019Xorvatiya birinchi ligasi25220162-4342019—2020Xorvatiya birinchi ligasi27210112114052020—2021Xorvatiya birinchi ligasi501131-922021—2022Xorvatiya birinchi ligasi24131120-3922022—2023Xorvatiya birinchi ligasi210040-61Jami133122025351120720Torino (ijara)2020—2021Serie A15120--171Jami faoliyati167172525351124625
Xalqaro . +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Bosniya va Gersegovina 2018 2 0 2019 8 4 2020 8 0 2021 9 0 2022 6 0 Jami 33 4 +Amer Gojak tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 5-sentyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina 7 1—0 5—0 UEFA Yevro-2020 saralashi 2 5—0 3 2019-yil 8-sentyabr Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 8 2—2 2—4 UEFA Yevro-2020 saralashi 4 2019-yil 15-oktyabr Olimpiya stadioni, Afina, Gretsiya 10 1—1 1—2 UEFA Yevro-2020 saralashi
Yutuqlari Dinamo Zagreb
Xorvatiya birinchi ligasi: 2014—2015, 2015—2016, 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020, 2021—2022; Xorvatiya kubogi: 2014—2015, 2015—2016, 2017—2018; Xorvatiya Superkubogi: 2019, 2022.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari