Pom Alexandra Klementieff (; 1986-yil 3-mayda tugʻilganAdditional on 1 January 2018.) — fransiyalik aktrisa va model. U Parijdagi Cours Florent drama maktabida tahsil olgan. Amerika kinosidagi debyutidan oldin Oldboy (2013) filmida va undan soʻng The easy way (Oson yoʻl) (2008) va Sleepless Night (Uyqusiz tun) (2011) kabi fransuz filmlarida suratga tushgan.

Klementeff Marvel kino olamining Galaktika qoʻriqchilari 2 (2017) filmidagi Mantis roli bilan butun dunyo film ishqibozlariga tanish. Bundan tashqari Marvel doirasidagi Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018), Qasoskorlar: Intiho (2019), Tor: Sevgi va Momaqaldiroq (2022) va Galaktika qoʻriqchilari bayrami uchun maxsus (2022) telefilmlarida rol ijro etgan. U, shuningdek, boʻlajak Guardians of the Galaxy Vol. 3 filmidagi rolni qayta ijro etadi (2023).

Yoshligi Pom Klementeff Kanadaning Kvebek shahrida onasi koreys va otasi rus-fransuz Alexis Klementieff oilasida tugʻilganThe Canada Gazette, vol. 119, collected issues 40-43, 1985, p. 6445World Guide to Foreign Services, vol. 1, World Guides Internationale Publikationen, 1986, p. 261. Fransiya hukumatida konsul boʻlib ishlagan. U Fransiya fuqarosi, lekin Kanada fuqaroligiga ega emas, chunki odatga koʻra u jus soli diplomatlarning farzandlariga taalluqli boʻlmaganAdditional on 7 July 2014.. Uning bobosi rus rassomi Eugene Klementieff (1901 — 1985) boʻlgan. Uning ota-onasi u uchun "Pom" ismini tanlaydilar, u koreyscha "bahor" (봄) va "yoʻlbars" (범) soʻzlari talaffuzidan olingan. Uning oilasi otasining ishi tufayli koʻp sayohat qilishiga togʻri kelgan, shu sabab Klementieff Kanadada bir yil yashagan. Ular Fransiyaga joylashishdan oldin Yaponiya va Kot-dʼIvuar ham yashashgan.

Klementeffning otasi u besh yoshida saraton kasalligidan vafot etadi, onasi esa shizofreniya bilan ogʻrigan va bolalariga gʻamxoʻrlik qila olmagan. Shuning uchun Klementeff amakisi va xolasi qoʻlida tarbiyalangan. U "ikkinchi otasi" deb taʼriflagan amakisi 18 yoshda, katta akasi Namu esa yetti yil oʻtib, 25 yoshida oʻz joniga qasd qilib vafot etgan. Klementieff amakisining oʻlimidan soʻng xolasiga yodam berish uchun qisqa muddatda bakalavr darajasida huquqni oʻrganadi, ammo bu yoʻlni oʻzi uchun jozibador deb topmagan. U shuningdek, Fransiyada ofitsiant va sotuvchi boʻlib ham ishlagan. 19 yoshida Parijdagi Cours Florent drama maktabida aktyorlik faoliyatini oʻrgangan. Taʼlim olganidan bir necha oy oʻtib, u maktabning eng yaxshi oʻqituvchilari bilan ikki yil davomida bepul darslarini bergan teatr tanlovida gʻolib chiqadi.

Karyerasi 2007 – 2012: Erta martaba right|thumb|225x225px| Klementieff 2018-yilgi Bryussel komikslarida Klementeffning ilk professional aktyorlik ishi Catherine Deneuve oʻynagan bosh qahramonning oʻgay qizi haqidagi fransuz mustaqil "Après lui" (2007) filmi boʻlgan. Film sahnalarini suratga olish ishlari uch kun davom etadi. Bir sahnada Klementeff kimnidir zinapoyadan itarib yuborishi kerak boʻlgan, lekin tasodifan oʻzi zinadan tushib ketadi va rejissyor Gael Morel bu kadrni oxirgi filmda saqlab qolgan.

Uning birinchi bosh roli Sibir togʻlarida joylashgan bugʻu chorvadorlari qabilasi haqidagi fransuz filmi "Lup" (2009) filmida boshlangan. Suratga olish paytida Klementeff eng yaqin qishloqdan bir necha soat uzoqlikda joylashgan lagerda qoladi. U yerda yashovchi koʻchmanchilar bilan doʻstlashadi, haqiqiy boʻrilar bilan ishlaydi, bugʻularga minish va koʻlda ot bilan suzish jarayonlarini mustaqil amalga oshiradi.

2013-yildan hozirgi kungacha: Yutuqlari Klementeff oʻzining Hollywooddagi debyuti Spike Leening Oldboy (2013) filmida, xuddi shu nomdagi Janubiy Koreya filmining remeykida boshlaydi. U Sharlto Copley oʻynagan obraz antagonistning qoʻriqchisi Haeng-bokni tasvirladi. Filmning muxlisi Klementieff bu qism haqida remeyk prodyuseri Roy Leedan eshitgan va jang sanʼati bilan bogʻliq rolni oʻrgangandan soʻng boks saboqlarini olgan. U qahramonning garderobiga oʻz kiyimlarining bir qismini qoʻshgan va yulduz Josh Brolin bilan ekrandagi jang uchun ikki oy davomida kuniga uch soat mashq qilgan. Klementieff koreyscha "baxt" degan maʼnoni anglatuvchi Haeng-bok ismini oʻzi oʻylab topgan.

Oldboy suratga olingandan soʻng Klementieff Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi va Hollywoodda koʻproq kuzatishni boshlaydi. U filmdan keyin taekvondoni davom ettirdi va 2014-yilning yozida binafsha kamarga ega boldi. Uning navbatdagi aktyorlik roli Hacker's Game (2015) filmi boʻlib, unda u "Ajdaho tatuirovkali qiz" romanidagi Lizbet Salanderga qiyoslagan xaker rolini oʻynaydi. Klementeff filmda yana oʻzining boks mahoratini ishga soldi va filmning kam byudjeti tufayli u oʻzi pardoz va garderobni tanlashga majbur boʻladi. Bu rol uchun sochlarini binafsha rangga boʻyash oʻzining gʻoyasi boʻlgan. Rejissyorlar avvaliga bunga eʼtiroz bildirishgan, keyin esa rozi boʻlishgan. 2017-yilda Klementieff Newness romantik dramasi va Ingrid Goes West komediya-dramasida rol ijro etgan.

Klementieff Marvel kino olamiga Mantis sifatida qoʻshilgan va Galaktika qoʻriqchilari 2-qism (2017), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) filmlarida butun dunyo boʻylab tan olingan. 2019-yilda u Netflix ilmiy-fantastik antologiyasi Black Mirror (Qora oyna) seriyasida, Uncut Gems (Kechilmagan toshlar) triller filmida va The Addams Family (Addamslar oilasi) animatsion gʻayritabiiy komediya filmida ovozli rollarni ijro etgan. 2020-yilda u HBO ilmiy-fantastik seriyasi Westworldda Martel rolini takrorlaydi.

Filmografiyasi

Filmlari YilSarlavhaRolRejissyor Izohlar2007After HimEmilieGaël Morel2008The Easy WayNHIJean-Paul Rouve2009LoupNastazyaNicolas Vanier2011BorderlineNaomiAlexandre CoffreDelicacyWaitressStéphane FoenkinosSleepless NightLucyFrédéric JardinLove Lasts Three YearsJuliaFrédéric BeigbederSilhouettesValerieLars Knorrn2012RadiostarsThe Pizza GirlRomain LévyPorn in the HoodTiaFranck Gastambide2013Paris Or PerishJessReem KhericiOldboyHaeng-bokSpike Lee2015Hacker's GameLoiseCyril Morin2017NewnessBethanyDrake DoremusIngrid Goes WestHarley ChungMatt SpicerGuardians of the Galaxy Vol. 2MantisJames Gunn2018Avengers: Infinity WarAnthony Joe RussoTime of DayHerselfThimios BakatakisQisqa film2019Avengers: EndgameMantisAnthony va Joe RussoUncut GemsLexisJosh SafdieThe Addams FamilyLayla va Kayla (ovoz)Greg Tiernan va Conrad Vernon2021Save RalphRabbit (ovoz) / Ralph (ovoz, Fransuz turi boʻyicha)Spencer SusserQisqa filmThunder ForceLaserBen FalconeThe Suicide SquadDancerJames Gunn2022Thor: Love and ThunderMantisTaika Waititi2023Guardians of the Galaxy Vol. 3 James GunnPost-ishlab chiqarishUddalab boʻlmas topshiriq: Halokatli badalTBAChristopher McQuarriePost-ishlab chiqarish2024Mission: Impossible – Dead Reckoning Part Two

Televideniye Yil Sarlavha Rol Izohlar 2009-yil Pigalle, la nuit Sandra 8-qism 2019-yil Black Mirror Roxette Epizod: "Striking Vipers" 2020-yil Westworld Martel 3-qism 2022-yil Galaktika qoʻriqchilari bayrami uchun maxsus Mantis Televizion maxsus son

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Marvel Chiziq Romanlari Superheroes Turkum:Marvel Comics ayol super qahramonlari Turkum:Marvel Comics mutantlari Turkum:Fransuz ayol modellari Turkum:Fransuz aktrisalari