left|thumb|220x220px| Matsusaka shahar hokimiyati
– Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 66018 ta xonadonda 157235 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 250 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 623,64 kvadrat kilometr (240,79 milya) ga teng. Shahar oʻzining Matsusaka mol goʻshti bilan mashhur.
Geografiyasi Matsusaka Kii yarim orolining sharqiy-markaziy qismida, Mie prefekturasining markaziy qismida joylashgan. U Mie prefekturasining kengligi boʻylab choʻzilgan hamda sharqda Tinch okeanidagi Ise koʻrfazi va gʻarbda Nara prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Yoshino-Kumano milliy bogʻi hududida oʻrnashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar Mie prefekturasi
Tsu Taki Meiva Ōdai
Nara prefekturasi
Higashiyoshino Kavakami Mitsue
Iqlim Matsusaka nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Matsusakada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMatsusaka population statistics, Matsusaka aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekinlik bilan oʻsib bormoqda.
Tarixi Matsusaka Sengoku davrida savdo markazi sifatida rivojlangan va Oda Nobunaganing kichik oʻgʻli Oda Nobukatsu 1580-yilda bu hududda qal’a qurgan. Koʻp oʻtmay, hudud Gamo Ujisato nazorati ostiga oʻtdi va Gamo da qal’a qurishga kirishadi. Keyinchalik, 1588-yilda mazkur hududni „Matsusaka“ deb nomlaydi, yaʼni „ qaragʻaylar (松) bilan qoplangan qiyalik (坂)“ egan maʼnoni beradi. Matsusaka qal’asi Tokugava syogunatida qisqa muddatli Matsusaka domenining markazi boʻlgan, ammo Edo davrining koʻp qismida qal’a Vakayama qal’asi tomonidan boshqarilgan va Kishu domenining sharqiy posti boʻlgan.
Meydzi restavratsiyasidan soʻng, hudud Mie prefekturasining bir qismiga aylandi. Matsusaka shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Matsusakaning ikkinchi kanji belgisi oʻsha kunlarda 阪 dan 坂 ga oʻzgartirildi. 1893-yil 26-martda shahardagi 1318 ta uy yongʻinda vayron boʻldi. Matsusaka 1933-yil 1-fevralda shahar maqomiga koʻtarildi. 1945-yil 4-fevralda havo hujumi natijasida toʻrt kishi halok boʻlgan Ikkinchi jahon urushida shaharga birozgina zarar yetdi. 1951-yil 16-dekabrda sodir boʻlgan yongʻin natijasida shahardagi 700 ga yaqin uy vayron boʻlgan. 1956-yil 15-oktabrda shahar chetidagi Rokken stansiyasida yirik temir yo‘l halokati ro‘y berdi va 42 kishi halok bo‘ldi. 1982-yil 1-avgustda Bess toʻfoni toʻqqiz kishining hayotiga zomin boʻldi. 1988-yilda shahar oʻzining 500 yilligini rasman nishonladi.
2005-yil 1-yanvarda shahar Mikumo va Ureshino (ikkalasi ham Ichishi tumanidan) va Iinan va Iitaka (ikkalasi ham Iinan tumanidan) shaharlarini oʻzlashtirib, hozirgi chegaralarigacha kengaydi.
Hukumat Matsusaka toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Matsusaka Mie prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzodan hissa qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 1-okrugi tarkibiga kiradi.
Taʼlim tizimi Matsusakada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 36 ta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va 12 ta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy oʻrta maktab va ikkita xususiy yuqori maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Ilgari Matsusaka shahrida joylashgan Mie Chukyo universiteti 2013-yilda oʻz faoliyatini yakunlagan.
Transport
Temir yoʻl 20x20px JR Tokai — Kisei magistral liniyasi
Rokken — Matsusaka — Tokuwa
20x20pxJR Tokai — Meisho liniyasi
Matsusaka — Kaminoshō — Gongemmae
20x20px Kintetsu temir yoʻli — Osaka liniyasi
Ise-Nakagava
20x20px Kintetsu temir yoʻli — Nagoya liniyasi
Ise-Nakagawa
20x20px Kintetsu temir yoʻli — Yamada liniyasi
Ise-Nakagava — Ise-Nakahara — Matsugasaki — Matsusaka — Higashi-Matsusaka — Kushida — Koishiro
Magistral yoʻl
link=|alt=E23|24x24px Ise tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 23 Milliy yoʻnalish 42 Milliy yoʻnalish 166 Milliy yoʻnalish 368 Milliy yoʻnalish 422
Dengiz portlari
Matsusaka porti
Qardosh shahar munosabatlari
— Binhu tumani, Vuxi, Jiangsu viloyati, Xitoy
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Matsusaka qal’asi xarobalari Takarazuka kofun qadimiy mozori Azaka qal’asi xarobalari
Taniqli odamlar
Mitsui Takatoshi, Mitsui guruhi asoschisi. Motoori Norinaga, Edo davri kokugaku olimi Matsuura Takeshiro, tadqiqotchi, kartograf, yozuvchi, rassom, ruhoniy va antikvarist Tetsuo Morimoto, siyosatchi Masaharu Nakagava, siyosatchi Kana Nishino, J-pop/R&B qoʻshiqchisi Norihisa Tamura, siyosatchi Ben Vada, rejissyor Ikuzo Saito, olimpiya kurashchisi Satoshi Hida, professional futbolchi Keisuke Funatani, professional futbolchi Mienoumi Tsuyoshi, sumo kurashchisi Hiroki Mizumoto, professional futbolchi Yotsukasa Dai, sumo kurashchisi Aki Deguchi, J-pop buti va qoʻshiqchisi
Manbalar
Havolalar
Matsusaka city guidefrom the at Mie JETs .
Turkum:Yaponiyadagi port aholi punktlari Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Mie prefekturasidagi shaharlar Turkum:Matsusaka (Mie)