Haris Hajradinović (; 1994-yil 18-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Kasımpaşa klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Hajradinović Željezničarda 2012-yil 20-may kuni 18 yoshida Kozara Gradiškaga qarshi professional debyut qildi.
2012-yil iyun oyida Olimpiakga oʻtdi.
2013-yilning yanvarida Xorvatiyaning Inter Zaprešić klubiga qoʻshildi.
Yozda Hajradinović Slovakiyaning Trenchin klubi bilan shartnoma imzoladi. 14-sentyabr kuni Žilinaga oʻzining birinchi professional golini kiritdi.
2014-yil dekabr oyida Belgiyaning Gent jamoasiga oʻtdi.
2016-yil yanvar oyida Norvegiyaning Haugesund jamoasiga mavsumiy ijaraga oʻtdi, keyingi yil doimiy shartnoma imzoladi.
2017-yil avgust oyida Osijekka qoʻshildi.
Kasımpaşa 2019-yil yanvarida Hajradinović Turkiyaning Kasımpaşa jamoasiga ikki yarim yillik shartnoma asosida qo‘shildi. Klubdagi rasmiy debyutini 21-yanvar kuni Rizesporga qarshi oʻtkazdi. 7-fevral kuni Kasımpaşa safidagi Turkiya kubogi doirasidagi Akhisarsporga qarshi oʻyinda ilk golini kiritdi. Uch oy oʻtgach, Beşiktaşga ligadagi birinchi golini urdi.
Hajradinović 2021-yil 23-oktyabrda jamoadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi.
2022-yil iyun oyida shartnomasini 2026-yil iyunigacha uzaytirdi.
Xalqaro faoliyati Hajradinović Bosniya va Gersegovinanining turli yosh terma jamoasini himoya qilgan.
2019-yil oktyabr oyida Italiya va Lixtenshteynga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. 18-noyabr kuni Lixtenshteynga qarshi debyut qildi.
2020-yil 7-sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasining 2020—2021-yilgi mavsumida Polshaga qarshi o‘yinda Hajradinović terma jamoasidagi birinchi golini urdi.
Shaxsiy hayoti Hajradinović 2021-yil oktyabr oyida sevgilisi boʻlgan Belmaga uylandi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarŽeljezničar2011—2012Bosniya Premyer-ligasi1000-10Olimpic2012—2013Bosniya Premyer-ligasi5010-60Inter Zaprešić2012—2013Xorvatiya futbol ligasi80--80Trenčín2013—2014Slovakiya Superligasi24610102662014—2015Slovakiya Superligasi1973140268Jami431341505214Gent2014—2015Belgiya birinchi divizioni A4010-50Haugesund (ijara)2016Eliteserien27440-314Haugesund2017Eliteserien1424032214Jami4168032528Osijek2017—2018Xorvatiya futbol ligasi28920-3092018—2019Xorvatiya futbol ligasi1773140248Jami451651405417Kasımpaşa2018—2019Süper Lig16141-2022019—2020Süper Lig30441-3452020—2021Süper Lig36500-3652021—2022Süper Lig36230-3922022—2023Süper Lig12211-133Jami13014123-14217Jami faoliyati2774931512232056
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2019 1 0 2020 3 1 2021 1 0 Jami 5 1 +Haris Hajradinović tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2020-yil 7-sentyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersegovina 2 1—0 1—2 2020—2021 UEFA Millatlar ligasi
Yutuqlari Željezničar
Bosniya Premyer-ligasi: 2011—2012 Bosniya kubogi: 2011—2012
Gent
Belgiya birinchi divizioni A: 2014—2015 Belgiya Superkubogi: 2015
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari