Tazkirat ul-avliyo ( yoki )– 1145-1221–yillarda yashagan sunniy musulmon fors shoiri va soʻfiy Farididdin Attor tomonidan yozilgan 96 soʻfiy avliyo va ularning karomatlarini oʻz ichiga olgan asar. Uning bizgacha yetib kelgan yagona nasriy asari 72 bobdan iborat boʻlib, Jaʼfar as-Sodiq hayoti bilan boshlanib, soʻfiy shahid Mansur al-Halloj bilan yakunlanadi. Roʻyxatga toʻrtta mashhur sunniy mazhab asoschilari – Sufyon Savriy, Abu Hanifa, Shofiʼiy va Ahmad ibn Hanbal ham kiritilgan.
Uning uygʻur va arab yozuvli qoʻlyozma nusxalari bor. Uygʻur yozuvli nusxasi „Meʼrojnoma“ bilan bir qoʻlyozmada Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda.
„Tazkira-yi avliyo“ qoʻlyozmaning 13b-151a sahifalarida, matn oxirida kitobning koʻchirilgan sanasi (taʼrix)bitilgan. Unga koʻra, qoʻlyozmani 1436-yili Hirotda Abu Malik baxshi koʻchirgan:
Asarning arab yozuvli qoʻlyozmalaridan biri Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanmoqda. Toshkentda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida ham asarning arab yozuvli nusxasi bor.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Tasavvuf adabiyoti Turkum:Tazkiralar