Tomás Juan Boy Espinoza (; 1951-yil 28-iyunda tugʻilgan) – meksikalik futbolchi va futbol murabbiyi. Futbolchi sifatida u „UANL Tigres“ futbol klubi va Meksika terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1986-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati Boy faoliyatini quyi divizion klublari „Atlético Espanyol“ va „Atlético Potosino“ futbol klubida oʻynashdan boshladi. 1975-yilda „UANL Tigres“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 1976-yil 2-martda „América“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 27-dekabr kuni „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u klub uchun birinchi golini urgan. 1976—1977-yilgi mavsumda u birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 1981-yilda Boy jarohat olib, mavsumning birinchi qismini oʻtkazib yuborgan, ammo qaytganidan soʻng u ishonchli oʻyin koʻrsatgan va klubga chempion boʻlishiga yordam bergan. 1988-yilda Tomás Juan jamoani tark etgan, „Yoʻlbarslar“ uchun u premyer ligada 413 ta oʻyin oʻtkazgan va 98 ta gol urgan.
Oʻsha yili Boy Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan va u yerda „San Jose Earthquakes“ futbol klubi bilan shartnoma tuzgan va u mavsum oxirida faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati 1979-yil 6-yanvarda SSSR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Boy Meksika terma jamoasida debyut qilgan. 1984-yilning 25-avgustida milliy terma jamoadagi ilk golini Vengriyaga qarshi o‘yinda kiritgan.
1986-yilda Tomás Juan milliy terma jamoaning jahon chempionatiga yoʻl oladgan tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Bolgariya, Iroq, Paragvay, Belgiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati U murabbiylik faoliyatini 1988-yilda soʻnggi oʻyin klubida boshlagan. Oʻshandan beri u Meksikada koʻplab jamoalar bilan ishlagan. 2015-2016-yillarda u Cruz Azul futbol klubiga murabbiylik qilgan.
Statistika JamoaMamlakatNatijaOʻyinGolUzatmaTampico Madero2678Querétaro471411Veracruz34147Morelia36139Monterrey341010Morelia762920Puebla1313Veracruz931Atlas831Morelia1546938Atlas371313Atlas682916Cruz Azul501919Chivas1652Mazatlán F.C.2183Jami629237161
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar