Jaromír Zmrhal (; 1993-yil 2-avgustda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Slovan Bratislava klubi va Chexiya terma jamoasi yarim himoyachisi. Markaziy yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay oladi.

Klublardagi faoliyati

Slavia Prague Jaromír Zmrhal 2012-yilda SK Slavia Prague jamoasining asosiy tarkibiga kirgan va ligadagi debyutini 4-avgust kuni Gambrinus ligasida Banik Ostravaga qarshi safarda oʻtkazdi, uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Birinchi ligadagi golini uch hafta oʻtgach, Zbrojovka Brnoga qarshi oʻz uyida kiritgan va klub bilan 5:0 hisobida ishonchli gʻalaba qozongan. Keyingi uch mavsumda liganing 90 oʻyinidan 83 tasida maydonga tushib, beshta gol urdi. 2015—2016-yilgi mavsumda 2015-yilning 27-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Slaviya — Sparta derbisida uzoq masofadan kuchli zarba bilan g‘alaba to‘pini kiritdi.

2018-yil 9-mayda „Slavia Prague“ bilan 2017—2018-yilgi Chexiya kubogi finalida „Yablonec“ ga qarshi oʻyinda ishtirok etdi va kubok sohibi boʻldi.

Brescia 2019-yil 6-avgustda Zmrhal Italiyaning Brescia klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 3,75 million yevroga baholangan.

Mladá Boleslavga ijara 2021-yilning 1-fevralida Zmrhal Chexiyaning Mladá Boleslav klubiga yarim mavsumlik ijara asosida o‘tdi.

Xalqaro faoliyati Zmrhal 2016-yil oktyabr oyida Germaniya va Ozarbayjonga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun Chexiya terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi. Milliy terma jamoadagi debyutini 2016-yilning 11-oktyabrida Ozarbayjonga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Debyut golini ikkinchi oʻyinida kiritdi, terma jamoa Jahon chempionati saralash bosqichida Norvegiyaga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSlavia Prague2012—2013Chexiya birinchi ligasi28100——2812013—201429040——3302014—201526410——2742015—201627422——2962016—20173074050—3972017—20182153080—3252018—201923410142—3862019—202031——1041Jami187261522721023030Brescia2019—2020Serie A21210——2222020—2021Serie B70———70Jami28210——292Mladá Boleslav (ijara)2020—2021Chexiya birinchi ligasi18421——205Slovan Bratislava2021—2022Slovakiya Superligasi28851142—47112022—2023210040—61Jami30951182005312Jami faoliyati263413344541033249

Xalqaro gollari + T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-yil 11-noyabr Eden Arena, Praga, Chexiya 2 2—0 2—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari Slavia Prague

Chexiya kubogi: 2017—2018

Slovan Bratislava

Fortuna Liga: 2021—2022

Manbalar

Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar