Ruslan Aksanovich Gataullin (1979-yil 1-dekabrda tug‘ilgan) — uzunlikka sakrash bo‘yicha ishtirok etgan sovet va rus yengil atletikachisi. 2007-yil Rossiya chempioni. Yopiq inshootlarda uch karra Rossiya chempioni (2003, 2006, 2009) . 2003-yilgi Jahon harbiy o‘yinlari chempioni .

Biografiyasi Ruslan Aksanovich Gataullin 1979-yil 1-dekabrda Toshkent shahrida dunyoga keladi. Ukasi — Rodion Gataullin tayanch sakrash bo‘yicha yengil atletikachisi.  

U 1997-yildan — 2001-yilgacha tayanch sakrash bo‘yicha shug‘ullanib keladi. U Aleksandr Kirillovich Okovit qo‘l ostida yengil atletikaning shu yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazib keladi. Ruslanning ushbu yo‘nalishdagi eng yaxshi natijasi 1999-yilgi yopiq inshootlardagi Rossiya chempionatida 7-o‘rinni egallashi bo‘ladi. So‘ng, qo‘yi ko‘rsatkichlari tufayli, Ruslan uzunlikka sakrash bo‘yicha yana o‘zini sinab ko‘radi va 2001—2011-yilgacha ushbu yo‘nalishda . U Sankt-Peterburg va Tataristonni himoya qiladi. Ruslan Gataullin bir muncha vaqt Nina Alekseyevna Kapustina qo‘lida shug‘ullanadi.

Asosiy natijalar

Xalqaro Yil Musobaqa Manzil Joy Natija 2003-yil Yopiq inshootlardagi Yevropa kubogi Leyptsig, Germaniya 7,97 m Jahon urushi oʻyinlari Kataniya, Italiya 7,81 m 2006-yil Yopiq inshootlardagi jahon chempionati Moskva, Rossiya 11(q) 7,78 m Yevropa chempionati Gothenburg, Shvetsiya 7 7,91 m IAAF jahon chempionati Afina, Gretsiya 7 7,64 m 2007-yil Jahon chempionati Osaka, Yaponiya 19(q) 7,83 m 2009-yil Yopiq inshootlardagi Yevropa chempionati Turin, Italiya 14(q) 7,69 m

Milliy Yil Musobaqa Manzil Joy Natija 2003-yil Yopiq inshootlarda Rossiya chempionati Moskva 8,07 m 2004-yil Rossiya chempionati Tula 8.00 m 2006-yil Yopiq inshootlarda Rossiya chempionati Moskva 8,11 m Rossiya chempionati Tula 8,13 m 2007-yil Rossiya chempionati Tula 7,90 m 2008-yil Rossiya chempionati Qozon 7,86 m 2009-yil Yopiq inshootlarda Rossiya chempionati Moskva 7,85 m

Manbalar

Havolalar

Ruslan Gataullin - IAAF veb-saytidagi profil

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:1-dekabrda tugʻilganlar