Wang Lei (talaffuzi: Van Ley; 1988-yil 11-iyulda tugʻilgan) — Xitoy vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Wang Xuehan bilan birga birga uch marta Gran-pri musobaqalarida bronza medali sovrindori (2014 Trophee Eric Bompard, 2014 Cup of China va 2016 NHK Trophy) va 2016-yil Xitoy milliy chempioni boʻlgan. Oldingi sherigi Zhan Yue bilan birga ikki karra Gran-pri musobaqasining sovrindori.

Shaxsiy hayoti Wang Lei 1988-yil 11-iyulda Xitoyning Harbin shahrida tug‘ilgan. Faoliyati

Wang bilan Wang Lei Wang Xuehan bilan 2012-yilda boshlab juftlik hosil qilgan. Bu juftlik 2013-yilgi Xitoy chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Gran-prida debyut qilgan Wang juftligi 2013 Cup of China musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Xitoy chempionatida musobaqalashib, toʻrtinchi oʻrindan joy olgan

Wang juftligi keyingi mavsumda Gran-prining ikkala musobaqasida (2014 Cup of China va 2014 Trophee Eric Bompard) bronza medaliga sazovor boʻlgan. JUftlik 2015-yilgi Xitoy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Juftlik 2015 2016-yilgi mavsumda 2015 Skate America musobaqasida beshinchi va 2015 Cup of China turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqining Bostonda boʻlib oʻtadigan 2016-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Chempionatda qatnashgan bu juftlik qisqa dasturda 15, erkin dastur boʻyicha 14-oʻrinni egallab, umumiy natija bilan jamoalar orasida 15-oʻrindan joy olgan.

2020-yil sentabr oyida Wang Xuehan va Wang Lei juftlik hamkorligi tugatilgani eʼlon qilindi.

Dasturlari (Xuehan bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2016—17 Steppinʼ Out with My Baby Love Is A Many-Splendored Thing 2015—16 Romance My Fair Lady 2014—15 Romance My Fair Lady 2013—14 The Swan Singinʼ in the Rain2012—13 The Swan Singinʼ in the Rain

Natijalari GP: Gran-pri

Xuehan bilan Xalqaro Musobaqa 12—13 13—14 14—15 15—16 16—17 17—18 18-19 Jahon chempionati 15 Chinese Cup 4 3 4 4 NHK Trophy 3 WD Skate America 5 Trophee Bompard 3 Milliy Oʻsmirlar oʻrtasidagi Xitoy chempionati 2 Xitoy chempionati 3 4 2 1 2 Jamoalar oʻrtasida Team Challenge Cup 3-T4-P WD = WD = musobaqani tak etganT = Jamoa natijasi; P = Shaxsiy natija. Medallar faqat jamoaviy natija uchun beriladi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xitoylik figurali uchuvchilar Turkum:Figurali uchuvchilar