Aleksandr Leonidovich (Isroil) Demidov (‎; 1957-yil 7-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va  Isroil teatr  hamda kino aktyori. 1996-yilda Klyachkin nomidagi eng yaxshi Isroil aktyori va Teatr akademiyasi mukofoti laureati.

Biografiyasi Demidov Aleksandr Leonidovich 1957-yil 8-aprelda Toshkentda tugʻilgan. 1990-yilda vataniga (repatriatsiya qilingan)qaytarilgan va Tel-Aviv shahrida yashagan.

Aleksandr 1974-yilda 44-maktabni, 1980-yilda esa Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Qurilish fakultetini qurilish-muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Demidov 1980-1982-yillarda Sovet Armiyasida, Kemerovo viloyati Belovo shahridagi  qurilish batalonida xizmat qilgan. O‘zbekistonga qaytgach usta bo‘lib ishlagan va Toshkent teatr studiyasida o‘zini sinab ko‘rgan.

Aleksandr Leonidovich 1985-yilda Moskvaga jo‘nab ketgan va Andrey Goncharov va Mark Zaxarov kursida  Rossiya teatr sanʼati instituti — GITISga o‘qishga kirgan. GITISni tugatgandan so‘ng, Mayakovskiy teatriga qabul qilingan va 1990-yilda rafiqasi Svetlana va Yevgeniy Arye boshchiligidagi bir guruh aktyorlar bilan birga Isroil davlatiga jo‘nab ketgan.

Demidov 1990-yildan ,,Gesher" teatrida sahnaga chiqa boshlagan.

Spektakllardagi rollari

„Rozenkrants va Guildenstern oʻldi“; „Dreyfus ishi“; „Moler“; „Idiot“; „Adam — itning o‘g‘li“; „Na dne“; „Tartyuf“; „Kichik qishloq“; „Shahar — Odessa hikoyalari“; „Uch opa-singil“; „Daryo“; „Dengiz“; „Janob Brink“; „Qul“; „Ikki ovoz“; „Shosha“; „Figaroning nikohi“; „Hayot tarzi haqida bir narsa“; „Gilos bog‘i“; „O‘sha Myunxgauzen“; „Yakish va Pupche“; Dushmanlar. Sevgi hikoyasi „Muallifni izlayotgan olti qahramon“ „Pulsa ve-nura“ („Zarba va yorug‘lik“)

Kino va televideniedagi rollari

„Yananing do‘stlari“ „Florentina“ seriali; „Avliyo Klara“; „Sima Vaknin — jodugar“; „Shiva“; „Besh o‘g‘irlangan rohib“; „Verona osmoni ostida“; „Sevgining yaratilishi“; „Kechirilmagan“ „Ivan dahshatli seriyasi“; „SPLIT. Qon siri“; „Zoharning siri“.

Manbalar

Havolalar

Trudno bit zvezdoy, Elen Key, „Djeruzalem post megezin“, 3.01.2000 portreti: Aleksandr Demidov „Po zovu serdsa“ Izrailskiy Ivan Grozniy, 22.06.2008 Sekret Israelya (Sashi) Demidova, Yuval Abramovich, 24.03.2009 , הסוד של ישראל (סשה) דמידוב Maariv, 1/10/2008 Aleksandr Demidov v peredache „PIRAMIDA JYeLANIY so Lvom Korchaginim“ Demidov Aleksandr, 16-05-2009 Aleksandr Demidov: Ya igral s otkritoy dushoy, 28 maya 2009 Sayt teatra „Gesher“ Lichniy blog Aleksandra Demidova

Turkum:Rossiyalik aktyorlar Turkum:Sovet aktyorlari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:7-aprelda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilari