Yeltsin Ignacio Tejeda Valverde (talaffuzi: Yeltsin Ignasio Texeda Valverde; 1992-yil 17-martda tugʻilgan) — kosta-rikalik professional futbolchi. U Liga FPD klubi Heredianoda va Kosta-Rika terma jamoasida oʻynaydi.
Tejedaning ismi Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsin sharafiga qoʻyilgan.
Klubdagi faoliyati
Saprissa Tejeda faoliyatini Saprissa jamoasi safida 2011-yilda San Carlosga qarshi oʻyinda uning darvozasiga bitta gol urish bilan boshlagan. 2014-yilgi Verano mavsumida Tejeda jamoa sardori etib tayinlandi.
Evian Kosta-Rikaning 2014-yilgi Jahon chempionatidagi oʻyinlaridan soʻng, Tejeda Swansea City bilan shartnoma imzolash uchun Buyuk Britaniyaga yoʻl oldi, ammo klub muzokaralarni toʻxtatdi va Tejeda uning oʻrniga Fransiyaga yoʻl oldi. 2014-yilning 22-avgustida oʻsha paytdagi Liga 1 klubi Evian Tejeda bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Tejeda klubdagi ilk golini 2014-yilning 19-sentyabrida Bordeauxga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Qishki transfer oynasida Tejedaga vatandoshi va Saprissadagi sobiq jamoadoshi David Ramirez qoʻshildi. Jamoa mavsum yakunida Liga 2 ga tushib ketdi.
Lausanne-Sport 2016-yilning iyul oyida Tejeda uch yillik shartnoma asosida Shveysariyaning Lausanne-Sport klubiga qoʻshildi.
Herediano 2019-yilning yanvarida Tejeda Kosta-Rikaga qaytib, Herediano bilan shartnoma imzoladi. U 2021-yilning oktyabr oyida klub bilan tuzgan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi.
Xalqaro faoliyati Tejeda 2009-yilgi CONCACAF 17 yoshgacha boʻlganlar chempionatida qatnashadigan Kosta-Rika terma jamoasi tarkibiga tanlangan va u 2011-yilgi CONCACAF 20 yoshgacha boʻlganlar chempionatida ham ishtirok etgan. Tejeda mamlakati terma jamoasi safida 2009-yilgi FIFA 17 yoshgacha boʻlganlar Jahon chempionati va 2011-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar Jahon chempionatlarida oʻynagan.
U 2011-yil 11-dekabr kuni Gavanada Kubaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Kosta-Rika terma jamoasi safida rasman debyut qilgan va 2014-yil noyabr holatiga ko‘ra jami 30 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmagan. Tejeda Kosta-Rikaning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli saralash oʻyinlarida va final turnirida muhim rol oʻynadi. Shuningdek, u 2013-yilgi Amerika kubogi va 2013-yilgi CONCACAF Oltin kubogida ham ishtirok etgan.
2018-yilning may oyida Tejeda Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi.
2022-yil noyabr oyida Tejeda Kosta-Rikaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibiga kiritildi. 1-dekabr kuni u terma jamoasi safidagi ilk golini Kosta-Rikaning guruh bosqichidagi so‘nggi, Germaniyaga qarshi mag‘lubiyat bilan kechgan o‘yinida (4:2) kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
Kosta-Rika Yil Ishtirok Gollar 2011-yil 2 0 2012-yil 6 0 2013-yil 10 0 2014-yil 12 0 2015-yil 4 0 2016-yil 5 0 2017-yil 7 0 2018-yil 6 0 2019-yil 0 0 2020-yil 3 0 2021-yil 10 0 2022-yil 11 1 Jami 76 1
Kosta Rika hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisob ustuni Tejedaning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi. +Yeltsin Tejeda tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Ishtirok davomiyligi Raqib Hisob Natija Musobaqa Man. 1 2022-yil 1-dekabr Al Bayt stadioni, Al-Xor, Qatar 76 1-1 2-4 2022 FIFA Jahon chempionati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari