Michael Krmenčík (; 1993-yil 15-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Persija Jakarta klubi va Chexiya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati Krmenčík futbolchilik faoliyatini Kraslicening akademiyalarida boshlagan, keyin esa FK Baník Sokolovga oʻtgan. FC Viktoria Plzeň rahbariyati Krmenčíkning isteʼdodidan xabardor boʻlishdi va tezda uni klubga qoʻshib olishdi.

Ilk faoliyati davri 2011-yilda asosiy tarkibga oʻtdi va oʻsha yilning aprel oyida 1. FK Pribramga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2011—2012-yilgi mavsumda Banik Sokolovga ijaraga berildi va klubda oʻzining debyut professional golini kiritdi.

Keyingi toʻrt mavsumda Chexiya chempionatlarida FK Čáslav, FC Sellier Bellot Vlašim, FC Baník Ostrava va FK Dukla Pragueda ijarada oʻynadi. 2015—2016-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida FC Viktoria Plzeňga qaytdi.

Toʻqqizta oʻyinda uch bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi.

Viktoria Plzeň 2020-yilning yanvariga kelib, Krmenčík FC Viktoria Plzeňda 124 ta oʻyinda 62 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 4 ta sovrinni qoʻlga kiritdi. 2017—2018-yilgi mavsumda ham liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Club Brugge 2020-yil yanvar oyida „Brugge“ Krmenčíkni sotib olish uchun 6 million yevro sarfladi. Belgiya klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Biroq, Chexiyalik hujumchi uchun moslashuv qiyin kechdi, 19 oʻyinda bor-yoʻgʻi 3 tadan gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi

PAOKga ijara 2021-yilning 5-yanvarida PAOK „Brugge“ bilan Krmenčíkni 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. 2021-yil 22-may kuni Krmenčík Gretsiya kubogi finalining so‘nggi daqiqasida gol urdi, klub Olimpiakos ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Slavia Praguega ijara 2021-yil 23-iyul kuni Slavia Prague Krmenčík klubga mavsumiy ijara asosida qo‘shilishi va agar „Slavia“ UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olsa, transferni doimiy qilish majburiyatini olishini eʼlon qildi.

Persija Jakarta 2022-yil iyun oyida Krmenčík Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persia Jakartaga qoʻshildi. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda (0:1, mag‘lubiyat) debyutini o‘tkazdi.

Xalqaro faoliyati Krmenčík 2016-yildan beri Chexiya terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. 26 o‘yin o‘tkazgan va to‘qqizta gol kiritgan. Ilgari koʻplab yoshlar darajasida oʻz mamlakatini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klubda

KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarViktoria Plzeň2010—2011Chexiya birinchi ligasi10———102011—201200000010102015—20167231——1032016—2017261011102—37132017—2018241600106—34222018—20191370032—1692019—202020101342—2515Jami91455527121012462Baník Sokolov (ijara)2011—2012Chexiya milliy futbol ligasi12100——121Zenit Čáslav (ijara)2012—2013Chexiya milliy futbol ligasi20100——201Vlašim (ijara)2013—2014Chexiya milliy futbol ligasi12124——145Baník Ostrava (ijara)2013—2014Chexiya birinchi ligasi112———112Dukla Prague (ijara)2014—2015Chexiya birinchi ligasi13310——1432015—201612542——167Jami25852——3010Club Brugge2019—2020Belgiya birinchi divizioni A601000—702020—2021930030—123Jami153103000193PAOK (ijara)2020—2021Gretsiya Superligasi22465——289Slavia Prague (ijara)2021—2022Chexiya birinchi ligasi1041050—164Persija Jakarta2022—2023Liga 110500—00105Jami faoliyati228742016351210284102 Yutuqlari Viktoria Plzeň

Chexiya Birinchi Ligasi: 2010—2011, 2015—2016, 2017—2018

Club Brugge

Belgiya birinchi divizioni A: 2019—2020

PAOK

Gretsiya kubogi: 2020—2021

Individual

Chexiya Birinchi Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2017—2018 Gretsiya kubogi toʻpurari: 2020—2021

Manbalar

Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbolchilar