Emil Valentin Andrae () (2002-yil 23-fevralda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional xokkey himoyachi. Emil Andrae hozirda Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „HV71“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Emil Andrae „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 2020-yilgi NHL kirish loyihasida 54-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Emil Andrae Shvetsiyaning Västervik shahrida tugʻilib oʻsgan. Andrae juda yoshligida mahalliy „Västerviks IK“ xokkey jamoasida oʻynay boshlagan. 2017—2018-yilgi mavsum oldidan Emil Andrae „IK Oskarshamn“ xokkey klubi bilan oʻynash uchun Oskarshamn shahriga koʻchib oʻtdi. Emil Andrae klub safida bir mavsum oʻtkazgan. Shundan soʻng, Emil Andrae „HV71“ xokkey klubi bilan oʻynash uchun Jönköping shahriga koʻchib

oʻtdi.

Emil Andrae „HV71“ xokkey klubi bilan birinchi professional shartnomasini 2020-yil 27-martda imzolagan.

2022-yilda Emil Andrae xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etdi, Ushbu musobaqada Emil Andrae Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasi safida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Emil Andrae 2022-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasi sardori sifatida faoliyat olib borgan. Shundan soʻng, Emil Andrae Media All-Star jamoasiga tayinlangan. Emil Andrae jamoa safida toʻqqizta gol bilan Cod Konnio bilan tenglashib olgan edi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti 2017—2018 IK Oskarshamn J20 1 0 0 0 0 2 0 0 0 0 2017—2018 IK Oskarshamn ShVE-2 4 0 0 0 2 — — — — — 2018—2019 HV71 J20 23 2 5 7 22 3 0 0 0 2 2019—2020 HV71 J20 40 11 27 38 82 — — — — — 2019—2020 HV71 SHL 10 0 0 0 4 — — — — — 2020—2021 HV71 SHL 31 0 7 7 6 — — — — — 2020—2021 HV71 J20 1 0 1 1 0 — — — — — 2020—2021 Västerviks IK ShVE-2 15 3 3 6 4 — — — — — 2021—2022 HV71 Allsv 41 9 24 33 18 10 3 8 11 10 SHL jami 41 0 7 7 10 — — — — —

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2018 Shvetsiya U17 6 0 3 3 6 2019 Shvetsiya HG18 5 0 4 4 4 2021 Shvetsiya WJC 5 5 0 1 1 2 2022 Shvetsiya WJC 7 4 4 8 6 Jami 23 4 12 16 16

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar