Damián Nicolás Suárez (; 1988-yil 27-aprelda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Getafe“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasi himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Suárez „Defensor Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. 2008-yilda Suárez Urugvay chempioniga aylangan. 2010-yilning 13-fevralida „Central Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Damián Nicolás „Defensor Sporting“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2011-yilning yozida Suárez „Sporting Gijón“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil etgan. „Atlético Osasuna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan.
2015-yilning yozida „Elche“ futbol klubi bilan shartnoma muddati tugagach, Suárez „Getafe“ futbol klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. 22-avgust kuni „Espanyol“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan. Mavsum oxirida klub Seugndaga tushib ketgan, biroq Suárez jamoada qolgan va bir yildan keyin uning elitaga qaytishiga yordam bergan. 2018-yilning 15-aprelida „Espanyol“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Damián Nicolás „Getafe“ futbol klubi safida ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2005-yilda Suárez Urugvay yoshlar terma jamoasi safida Peruda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. 2007-yilda Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Damián Nicolás Kanadada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
U 33 yoshida terma jamoaning asosiy tarkibidagi debyutini 2022-yilning 27-yanvarida Paragvayga qarshi JCh-2022 saralash oʻyinida oʻtkazgan. Urugvay mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDefensor2007—2008150—00—1502008—200950—40—902009—2010241—20—2612010—2011231—6010311Jami6720012010802Sporting Gijón2011—201219010——200Elche2012—201333100——3312013—201431110——3212014—201534130——371Jami9834000001023Getafe2015—201631020——3302016—201737010—404202017—201833100——3312018—201936060——4202019—20203010040—3412020—202131100——311Jami19839040402153Umumiy faoliyatida3638140160504178
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari