Kevin Danso (talaffuzi:Kevin Danso; 1998-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Lens va Avstriya milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ilgari Avstriyaning U15, U16, U17, U18 va U19 boʻlgan turli darajadagi yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ilk faoliyati Danso Avstriyada tugʻilgan, ota-onasi ganalik. Olti yoshga toʻlganida oilasi bilan Angliyadagi Milton Keynes shahriga koʻchib oʻtgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyat davri Danso 9 yoshigacha Reading akademiyasida hujumchi boʻlgan. Keyin Milton Keynes Dons akademiyasiga qoʻshilgan. 2014-yilgacha shu klubda oʻynagan, keyin Germaniyaning Augsburg klubiga oʻtgan.

FK Augsburg 2017-yilning 3-martida Danso 18 yoshu 165 kunligida Augsburg safida Bundesligadagi debyutini o‘tkazdi va Danso klub tarixida chempionatda ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bir hafta oʻtgach, klub bilan yangi toʻrt yillik yangi shartnoma imzoladi.

Southamptonga ijara 2019-yilning 9-avgustida, Angliya Premyer-liga transfer oynasi yopilganidan bir kun o‘tib, Danso Southamptonga 2019—2020-yilgi mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga o‘tgani eʼlon qilindi.

Fortuna Düsseldorfga ijara 2020-yil 18-avgustda ijara asosida Germaniyaning Fortuna Düsseldorf klubiga oʻtdi. 2021-yil 24-mayda shartnoma muddati tugagach, Fortunani tark etdi.

Lens 2021-yil 6-avgustda Danso Liga 1 ning RC Lens jamoasiga qo‘shildi.

Xalqaro faoliyati Danso Angliya, Gana hamda Avstriya terma jamoasida oʻynash huquqiga ega ediEngland scouts keep to tabs on Augsburg youngster Kevin DansoYoungster Kevin Danso picks Austria over Ghana. Lekin Avstraliyada oʻynashni tanladi va mamlakatning U15, U16, U17, U18 va U19 yoshlar terma jamoalarini himoya qildi.

2017-yilning may oyida milliy terma jamoaga ilk chaqiruvini oldi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarFC Augsburg II2015—2016Regionalliga Bayern20——21412017—2018Regionalliga Bayern30———30Jami50——2171FC Augsburg2016—2017Bundesliga7000——702017—2018Bundesliga16200——1622018—2019Bundesliga18130——211Jami41330——443Southampton (ijara)2019—2020Angliya Premyer-ligasi602020—100RC Lens2021—2022Ligue 133230——3622022—2023Ligue 115100——151Jami4835020—513Jami faoliyati10068020211127

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Avstriya 2017 5 0 2018 1 0 2022 5 0 Jami 11 0

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Reading F.C. futbolchilari Turkum:Milton Keynes Dons F.C. futbolchilari Turkum:FC Augsburg futbolchilari Turkum:FC Augsburg II futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Fortuna Düsseldorf futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:RC Lans klubi futbolchilari Turkum:Avstriyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar